Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

O‘FA OFKning ommaviy futbol rivoji bo‘yicha “kumush” toifa a’zolari safiga kiritildi

O‘FA OFKning ommaviy futbol rivoji bo‘yicha “kumush” toifa a’zolari safiga kiritildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Osiyo futbol konfederasiyasi uyushmaga a’zo mamlakatlar futbol federasiyalarini mamlakatda ommaviy futbolni rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha olib borayotgan dasturlari ko‘lamiga ko‘ra ma’lum toifalarga ajratib keladi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi OFK tomonidan ommaviy futbol rivoji bo‘yicha “kumush” toifasi a’zolari safiga kiritildi.

OFK veb-saytining yozishicha, ommaviy futbolni rivojlantirish bo‘yicha “kumush” toifaga kiruvchi mamlakatlar soni 6 taga yetdi. Qit’a futbol uyushmasi 2017 yildan buyon a’zo futbol assosiasiyalarini o‘z mamlakatida ommaviy futbolni yanada rivojlantirish borasida amalga oshirayotgan dasturlari samaradorligi bo‘yicha toifalarga bo‘lib kelmoqda. Bunda ommaviy futbol bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan tashabbus va dasturlar soni, ularning qamrovi, mavjud infratuzilma, bolalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan turnirlar tashkilotchilik darajasi kabi jami 20 ta me’zon asos bo‘lib xizmat qiladi.

O‘FA mamlakatda futbolni yanada ommalashtirish maqsadida hududiy futbol assosiasiyalari bilan birgalikda muntazam ravishda qator festivallar, turli yosh toifalari uchun musobaqalar o‘tkazib kelmoqda.

O‘FA texnik direktori Shovkat Imamov OFK veb-saytiga bu borada quyidagicha fikr bildirdi:

– OFK bilan barcha yo‘nalishlardagi yaqindan hamkorlik samarasi o‘laroq O‘FAning qator loyiha va dasturlari mamlakatda ommaviy futbolni rivojlantirishda muhim o‘rin tutmoqda va futbolning do‘stlik hamda tinchlik elchisi sifatidagi o‘rnini mustahkamlamoqda. O‘FA OFKning barcha dasturlarida katta mamnuniyat ila ishtirok etadi.

Qayd etish joiz, O‘FA shuningdek, mamlakatda ayollar futbolini rivojlantirish, qolaversa imkoniyati cheklangan insonlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun ham amalga oshirilayotgan dasturlari uchun taqdirlandi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 16:18, 22.05.2020.
O'qildi: 3243 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.