Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

O‘zbekiston futbolni rivojlantirishning Xorvatiya modelini tanlamoqchi

O‘zbekiston futbolni rivojlantirishning Xorvatiya modelini tanlamoqchi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Kecha "Oriat Dono" radiosining "Futbol plyus" dasturiga intervyu bergan O‘zbekiston professional ligasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev keyingi yillarda mamlakatda futbolni rivojlantirish uchun Xorvatiya modelini tanlamoqchi ekanini ma’lum qildi.

"Men O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishning Xorvatiya modelini taklif qilmoqchiman. Nima uchun Xorvatiya? Birinchidan, kam pul sarflash orqali terma jamoani kuchaytirish mumkin. Ikkinchidan, klublar qo‘shimcha pul topish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Bu qanday amalga oshiriladi? Barcha klublari o‘z akademiyalari orqali iqtidorli futbolchilarni tarbiyalab, ularni xorij klublari transfer qila boshlashadi. Masalan, Xorvatiyaning eng kuchli futbolchilari Yevropaning top-5 chempionatlarida, o‘rtacha saviyadagi o‘yinchilari qit’aning boshqa chempionatlarida, kuchsiz futbolchilari esa Osiyo klublarida o‘ynashadi. Biz ham shunday yo‘ldan borsak, bundan faqat terma jamoamiz yutadi. Taqqoslash uchun aytishim mumkin, Rossiya o‘z futboli uchun Xorvatiyaga nisbatan 10 baravar ko‘p pul sarflaydi, ammo terma jamoa miyoqsida xorvatlar ancha kuchli hisoblanadi.

O‘zbekiston futbolga ajratilayotgan mablag‘ borasida Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari bilan teng kela olmaydi. Shunday ekan, faqatgina o‘yinchilarni kuchli klublarga transfer qilish orqali milliy jamoamizni kuchaytirishimiz mumkin.

Bu esa klublarga yaxshigina pul ishlash imkonini bersa, xorijga yo‘l olgan futbolchilarimiz o‘zlarini yuqori daromad bilan ta’minlaydilar", — degan mazmunda o‘z g‘oyalari bilan o‘rtoqlashdi Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:01, 26.05.2020.
O'qildi: 5830 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик