Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

Faqat «mikrafon»lar! Jingalak sochli yigitlar ramziy jamoasi

Faqat «mikrafon»lar! Jingalak sochli yigitlar ramziy jamoasi

Baho:
+ | -

“Afro” soch turmagidan foydalanuvchi futbolchilar soni tobora ortib borayotgani hech kimga sir emas. Bunday turmakdagi sportchilar maydonda barchadan ajralib turishadi. Stadion.uz jingalak sochlari va o‘zgacha turmaklari bilan boshqalardan ajralib turuvchi eng mashhur futbolchilardan tashkil topgan ramziy jamoani taqdim etadi.

DarvozabonRene Igita

Kolumbiyalik futbolchi aytarli katta sovrinlarga ega chiqmagan. Uning muzeyida hatto Libertadores kubogiham yo‘q. Shunga qaramay, Angliyaga qarshi uchrashuvda amalga oshirilgan “chayon” seyvi unga misli ko‘rilmagan mashhurlik olib keldi.

Himoyachilar

Paul Braytner

Paul himoyada chinakam universal futbolchi bo‘lgani bois uni o‘ng qanotga joylashtirdik. Germaniyalik futbolchi “Real”, “Bavariya” singari grand klublarda to‘p suribgina qolmay, Jahon chempionatida ham g‘olib chiqishni uddalagan.

Karles Puyol

Yana bir JCH va Yevropa chempioni. Ispaniya terma jamoasi va “Barselona” safida sheryurakligi bilan barchaning hurmatini qozongan chinakam yetakchi va tug‘ma sardor. Butun faoliyati davomida o‘zsochlariga “sodiq qolgan” himoyachi bugungi ramziy jamoamizning ham sardori bo‘la qolsin.

David Luis

Luis zamonaviy futbol olamidagi eng sovrindor jingalak sochlar egasi sanaladi. Portugaliya, Angliya, va Fransiya chempioni o‘zining soch turmagi bilan faxrlanishini yashirib o‘tirmaydi. Ayniqsa, uning YECHL g‘olibligini qo‘lga kiritgach, sochlari haqidagi hazillari butun internetni “portlatib yuborgan” edi.

Marselo

21 asrdagi eng kuchli chapqanot himoyachisi ham “afro” turmagidan voz kechmay kelmoqda. To‘g‘ri, bugungi kunda uning jamoadagi o‘rni muqim emas, biroq Marselo “Real”ning YECHLdagi zafarlarida eng katta rolni ijro etganlardan biri sanaladi. U formasi pik darajaga ko‘tarilganpaytlari Roberto Karlosdan ham kuchliroq o‘yin namoyish etgan desak, umid qilamizki,oshirib yubormagan bo‘lamiz.

Yarim himoyachilar

Aksel Vitsel

Xitoydan qaytib kelgach, “Borussiya Dortmund” safiga o‘rnashib olgan belgiyalik futbolchiga markazni ishonib topshiramiz. Akselni mana shu soch turmagisiz tasavvur qila olasizmi? O‘ylashimcha,buning iloji yo‘q.

Maruan Fellayni

Maruan “Everton”da to‘p surib yurgan chog‘larida o‘zidan avval turmagi mashhur bo‘lib ketgan futbolchi sanaladi. Baland bo‘yli bo‘lishiga qaramay, “mikrafon” bilan maydonda harakat qilgan futbolchi “Manchester Yunayted” darajasigacha chiqa oldi va pul ishlash maqsadida Xitoyga yo‘l oldi. To‘g‘ri, bugungi kunda uning imiji o‘zgargan, lekin Fellayni deganda barchaning ko‘z oldiga “mikrafon” turmakli belgiyalik futbolchi kelishi turgan gap.

Rud Gullit

Rud ham o‘z zamonida soch turmaklari borasida “to‘ntarish”ni amalga oshirganlardan biri sanaladi. “Chelsi”, “Milan”, PSV singari top-klublarda to‘p tepgan Gullit ramziy jamoamizning hujumlariga javob beruvchi yarim himoyachi sifatida tanlab olindi.

Karlos Valderrama

20 asr so‘nggida butun Kolumbiya futbolining timsoliga aylangan soch turmagi egasi —Karlos Valderama yarim himoyachilar to‘rtligini yakunlab beradi. Yaqinda 60 yoshni qarshi olishiga qaramay, u o‘z soch turmagini almashtirganicha yo‘q.

Hujumchilar

Muhammad Saloh

“Liverpul” forvardi katta futbolga kirib kelganida oddiy misrlik futbolchi edi. “Liverpul”ga o‘tguniga qadar, “Roma”da yangi soch turmagi bilan harakat qilishni boshladi. Saloh aynan “afro” soch turmagida barchaning e’tiborini qozondi. “Liverpul” muxlisalari ham uni aynan shu turkmakda tanidi va shunday eslab qoladi.

Kevin Kigan

Angliya futbolining tirik afsonasi barcha futbol muxlislarining yodida shu qiyofada qolgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Uni ingliz muxlislari erkalab “Qirol Kiganni uzoqdan ham tanish mumkin” iborasini bejiz ishlatishmagani endi ma’lum bo‘ldi.

MurabbiyDiyego Forlan

Urugvaylik hujumchi yaqindagina professional murabbiylik faoliyatini boshladi. Faoliyati davomida “Manchester Yunayted”, “Atletiko Madrid” singari grand klublarda to‘p surgan Forlan endilikda «Penyarol» bosh murabbiyi etib tayinladi.

Stadion.uz uning kelajakdagi ishlariga rivoj tilagancha ilk ishonch kreditlarini taqdim etadi. Diyego — bugungi ramziy jamoamizning bosh murabbiyi!

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 18:57, 27.05.2020.
O'qildi: 6766 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.