Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese - Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Ot o‘rnini toy bosadimi?

Ot o‘rnini toy bosadimi?

Baho:
+ | -

Ko‘pincha mashxur futbolchilarning farzanlari otasi singari futbolchi bo‘lishga intiladi. Bu an’ana tusiga kirib bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz. Xo‘sh, ayni damda futbol olamida qaysi mashxur futbolchilarning farzandlari to‘p tepmqoda? Stadion.uz shu haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tadi.

Timoti Vea



“Milan” safidagi o‘yinlari evaziga 1995-yilda “oltin to‘p”ga loyiq ko‘rilgan Jorj Vea bugungi kunda Liberiya mamlakati prezidenti ekanligidan xabaringiz bor. O‘z vaqtida katta arenalardagi o‘yinlari bilan barchani hayratda qoldirgan futbolchining katta o‘g‘li Timoti Vea ham otasi singari futbolchi bo‘lishga qaror qilgan. E’tiborlisi shundaki, u Jorjdan farqli o‘laroq, AQSH terma jamoasida sharafini himoya qiladi. 18 yoshli Vealarning kichigi AQSH tarkibida allaqachon 8 ta o‘yinda maydonga tushishga ham ulgurdi. Uning klub borasidagi ishlari ham chakki emas. PSJ jamoasi bilan shartnoma imzolaganiga qaramay, Timoti Parij klubi safida o‘z o‘rnini topa olmadi. Ayni damda “Lill” klubida faoliyatini davom ettirmoqda.

Luka va Enso Zidanlar



Afsonaviy Zayniddin Zidanning o‘g‘illari futbol olamida otasining o‘rnini bosishi taxmin qilingan edi, biroq ularning birortasi hech bo‘lmasa o‘rtamiyona darajaga ham ko‘tarila olmadi. Shunga qaramay, Zidanning yana ikkita o‘gli bor va ular ham otasining izidan ketgan. Zidanlarning kattasi bugungi kunda Segundada to‘p surmoqda. 20 yoshli Luka Zidan esa hali-hamon “Real”ga tegishli bo‘lib, jamoaning Segundadagi yoshlar klubida darvozasini qo‘riqlamoqda. 16 Teo va 13 yoshli Eliaslar “Real” akademiyasida tahsil olmoqda. Zayniddinning ulardan umidi juda katta.

Jastin Klyuvert


Patrik Klyuvert o‘zining 18 yoshida “Ayaks” uchun Yevropa chempionlar kubogi finalidagi yagona golni kiritgan edi. Bugun uning 20 yoshli o‘g‘li Jastin ham katta futbolda shov-shuv ko‘tarishga muvaffaq bo‘lmoqda. To‘g‘ri, u otasi singari o‘zining ilk finalida gol kiritgani yo‘q(“Ayaks” safida Yevropa Ligasi final  uchrashuvida “Manchester Yunayted”ga mag‘lub bo‘lgan), biroq o‘z texnikasi bilan ko‘plab grand jamoalar nazariga tushdi. 2018-yilda “Ayaks”ni “Roma”ga almashtirgan hujumchi allaqachon Gollandiya terma jamoasining asosiy futbolchisi sanaladi.

Federiko Kyeza



“Fiorentin” va Italiya terma jamoasidagi o‘yinlari bilan “Yuventus”ning oromini o‘g‘irlagan Feriko Kyeza aslida Enriko Kyezaning o‘g‘li ekanligidan xabaringiz bormi?

21 yoshli futbolchining bugungi kundagi transfer narxi 50 million yevroga qadar ko‘tarildi. To‘g‘ri, Federiko Enriko darajasiga chiqa olmadi, biroq uning faoliyati ajoy start oldi. Agar hujumchi o‘z ustida ishlashda davom etsa, otasidan ham o‘zib ketishi hech gap emas.

Jordan Larsson



“Manchester Yunayted” va “Barselona” singari super grandlar sharafini himoya qilgan Shvetsiya futboli afsonasining o‘g‘li ham katta futbolda o‘z o‘rnini topishga intilmoqda.

Otasi singari hujum chizig‘ida to‘p suruvchi futbolchi terma jamoa sharafini bir nechta o‘yinda himoya qilgan bo‘lsada, hali klub miqyosida top darajaga chiqa olmadi.

Kristian va Daniyel Maldini



“Milan” jamoasining tirik afsonasi Paolo Maldining bir emas ikki o‘g‘li futbolchi bo‘lishga qaror qilgan, biroq ularning ikkisi ham Maldini darajasida hali ancha yiroqda. Otasi singari himoyachilikni tanlagan Kristian Italiyaning “B seriya”sida harakat qilayotgan bo‘lsa, uning 17 yoshli ukasi Daniyelening transfer huquqi “Milan”ga tegishli. U hujum chizig‘ida to‘p surishga qaror qilgan. Hozircha ishlar havas qilsa arzigulik ko‘rinishda emas, lekin umid bor. “Milan” muzlatib qo‘yilgan Paoloning raqamini uning farzandlaridan biriga bo‘shatib berishga va’da qilgan. Afsuski, bu raqam yaqin 25 yil ichida “Milan”da qoladi shekilli.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 19:30, 31.05.2020.
O'qildi: 7229 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.