Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Villi Sanyol: Leroy Sane «Bavariya»ga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi

Villi Sanyol: Leroy Sane «Bavariya»ga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi

Baho:
+ | -

«Bavariya» klubi va Fransiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Villi Sanyol «Manchester Siti» hujumchisi Leroy Sanening myunxenliklar safiga qo‘shilishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

«Sane xarakter jihatidan myunxenliklarga mos kelmaydi. U beqaror o‘yinchi, bundan tashqari, juda odamovi. Menimcha, u «Bavariya»ga umuman to‘g‘ri kelmaydi.

Sane «Manchester Siti» va Germaniya terma jamoasida ko‘p muammo chiqargan. Aytishlaricha, u 80 million yevro turadi. Undan ko‘ra, yana 20 million qo‘shgan holda Kay Havetrsni sotib olgan ma’qul.

Haverts «Bavariya»ga juda mos pleymeker hisoblanadi, u Levandovskiga yaxshi sherik bo‘lishi mumkin. Axir Myuller abadiy o‘ynay olmaydi», — deydi Sanyol.

Xabarlarga ko‘ra, Sane katta ehtimol bilan yangi mavsumni nemis klubi safida boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Myunxen klubi futbolchini 2019 yilning yozidayoq olib kelishni mo‘ljal qilgandi. Biroq Leroyning jiddiy jarohati mazkur kelishuvga raxna solgandi. Mazkur jarohat sabab futbolchi 2019/20 yilgi mavsumda birorta ham o‘yin o‘tkazmadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:07, 01.06.2020.
O'qildi: 2220 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик