Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 00:00 Borussiya D 4-2 Atletiko
17/04 00:00 Barselona 1-4 PSJ
17/04 00:00 Borussiya D 4-2 Atletiko
17/04 00:00 Barselona 1-4 PSJ
17/04 12:00 Vyetnam 1-1 Myanma
17/04 14:00 O‘zbekiston 3-2 Avstraliya
17/04 16:00 Tailand 3-1 Xitoy
17/04 18:00 O‘zbekiston 2-0 Malayziya
17/04 19:00 Saudiya Arabistoni 1-5 Iroq
17/04 20:30 Vyetnam 3-1 Kuvayt
18/04 00:00 Bavariya - Arsenal
18/04 00:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/04 00:00 Bavariya 1-0 Arsenal
18/04 00:00 Manchester Siti 1-1 Real Madrid
18/04 12:00 Tojikiston - Janubiy Koreya
18/04 14:00 Eron - Afg‘oniston
18/04 16:00 Yaponiya - Qirg‘iziston
18/04 18:00 Indoneziya - Avstraliya
18/04 19:00 Kuvayt - Bahrayn
18/04 20:30 Iordaniya - Qatar
19/04 12:00 Xitoy - Vyetnam
19/04 14:00 Avstraliya - Saudiya Arabistoni
19/04 16:00 Myanma - Tailand
19/04 18:00 BAA - Yaponiya
19/04 19:00 Iroq - O‘zbekiston
19/04 20:30 Xitoy - Janubiy Koreya
19/04 20:30 Tailand - Saudiya Arabistoni
19/04 21:30 Jenoa - Lasio
19/04 23:00 Tojikiston - Iroq
19/04 23:45 Kalyari - Yuventus
20/04 00:00 Nissa - Loryan
20/04 00:00 Atletik Bilbao - Granada

«Milan» transferlarsiz qanday tarkibda bo‘lar edi? (ramziy jamoa)

«Milan» transferlarsiz qanday tarkibda bo‘lar edi? (ramziy jamoa)

Baho:
+ | -

«Milan» transferlarsizqanday tarkibda bo‘lar edi? (ramziy jamoa)

Stadion.uz “Milan”da faqat klub akademiyasi tarbiyalanuvchilar to‘p surganda tarkib qanday ko‘rinish olishi haqida fikr almashadi.

Afsuski, transferlar sababli klub akademiyasidagi futbolchilar o‘zlarini to‘liq namoyish eta olmayapti. Bir tasavvur qilib ko‘ring, agar “rossoneri” safida faqat akademiya tarbiyalanuvchilari harakat qilishganida, tarkib qanday ko‘rinishda bo‘lar edi?

Darvozabon. Janluidji Donnarumma

Donnarumma Italiya “A Seriya”sida debyut qilgan eng yosh kiper sifatida Buffonning rekordini yo‘qqa chiqarganidan xabaringiz bormi?

Italiyalik futbolchi jamoaning asosiy tarkibiga kirgach, qisqa muddatda Diyego Lopesni asosiy tarkibdan siqib chiqardi va bugungi kunlarimizga qadar “Milan”ning eng ishonchli futbolchisi bo‘lib turibdi.

Yosh bo‘lishiga qaramay, kichik Jiji klub uchun 100 dan ortiq o‘yinda maydonga tushib bo‘ldi.

 

Himoyachilar

Ignazio Abate

Abate 8 yoshidan beri klub akademiyasida tarbiyalangan bo‘lsada, “Milan” afsonasiga aylana olmadi. Asosiy tarkibdan tushib qolishni boshlagach, “Milan” uni tez-tez ijara asosida turli Italiya klublariga yuborishni boshladi. “Empoli”, “Torino” singari jamoalarda ortirilgan tarjiba yakunda qo‘l keldi. Klub tepasiga Allegri kelgach, Abate to‘liq “Milan” futbolchisiga aylandi va 10 yil asosiy tarkibdan tushmadi. Bugungi kunda u futboldan bir mavsum dam olishga qaror qilgan. Yangi mavsumda biror bir klubda ko‘rinish bersa, hayron qolmang.

 

Mattiya De Shilyo

2002-yilda klub akademiyasiga qabul qilingan futbolchi o‘z vaqtida sayyoramizning eng iqtidorli futbolchilaridan biri edi.

“Rossoneri” u bilan 2011-yilda ilk professional shartnoma imzolgan bo‘lsada, oradan bir yil o‘tibgina Mattiya asosiy jamoaga yorib kirdi. Qisqa muddat ichida 100 dan ortiquchrashuv o‘tkazdi va 2015-yilda “Yuventus”ga sotib yuborildi.

Matteo Darmian

 

Matteo Milandan uzoq bo‘lmagan shaharchada tavvalud topgani uchun klub muxlisi sifatida ulg‘aydi. Yoshligi klub akademiyasida o‘tganiga qaramay, atigi 4 bor “Milan” futbolkasini kiydi.

Unga mashhurlikni “Torino” jamoasidagi o‘yinlari olib berdi. Klub bilan sovrin yutmagan bo‘lsada, Italiya terma jamoasidan chaqiruv oldi va grandlar e’tiboriga tushdi. 2015-yilda “Manchester Yunayted” bilan shartnoma imzolagan bo‘lsada, APLda o‘zini ko‘rsata olmadi. Bugungi kunda “Parma” sharafini himoya qilmoqda.

Matteo Gabbiya

 

Gabbiya “Milan” akademiyasining barcha yosh toifasida mashg‘ulot o‘tkazgan bo‘lsada, klub unga ishonch bildirmadi va ijaraga qo‘yib yubordi. Tajriba to‘plagach, yana ortga qaytardi. Ayni damda, Gabbiya “Milan”ning asosiy tarkibi uchun kurash olib bormoqda.

Yarim himoyachilar.

 

David Kalabriya

 

David Breshiada tug‘ulganiga qaramay, “Milan” muxlisi bo‘lib ulg‘aydi.

Universalligi bois, to‘p tepayotgan qanotini bir o‘zi yopishga qodir. U ayni damda “Milan”ning eng kuchli qurollaridan biri bo‘lib turibdi.

 

Manuyel Lokatteli

 

Lokatelli 2016-yilda “Milan” safida debyut uchrashuvini o‘tkazgan. Uning mehnatkashligi borasida Derk Kuyt ham “xijolat” bo‘lib qoladi. Afsuski, futbolda faqat mehnatkashlikning o‘zi kamlik qiladi.

“Milan” yarim himoyachini “Sassuola”ga ijara asosida jo‘natib yuborishdan boshqa chora topa olmadi. U asosiy tarkib uchun kurashda raqobatchilaridan ortda qoldi.

Aleksander Merkel

Merkel klub safida atigi 6 bor maydonga tushdi xolos. Asosiy jamoa uchun kurash olib bordi, biroq baribir uni ijaraga “Jenoa” klubiga jo‘natib yuborishdi. Bugungi kunda Gollandiya chempionatida “javlon urmoqda”.

Luka Antonelli

Luka akademiya tarbiyalanuvchisi bo‘lishiga qaramay, unga imkon berishmadi. Atigi bitta kubokbahsidagi o‘yin bilan Luka Milanni tark etdi.

“Jenoa”dagi ishonchli o‘yinlari sababli uni yana ortga qaytarishdi. Antonelli 3 mavsum davomida “qizil-qoralar” sharafini himoya qilgach, “Empoli”ga ravona bo‘ldi.

Hujumchilar

Pyer-Emerik Obameyang

“Milan”ga kechroq kelganiga qaramay, Obameyang klub yoshlari safida ishonchli o‘yin namoyish etishga muvaffaq bo‘ldi. Afsuski, asosiy jamoada unga imkon berilmadi. Murabbiylar tezkor hujumchi Italiya “A Seriya”sida katta naf bermaydi deb hisoblashdi va uni qo‘ldan chiqarib yuborishdi.

Patrik Kutrone

 

Patrik 8 yoshida klub akademiyasiga qabul qilinadi. Asosiy jamoaga qadar ko‘tarilgan forvard o‘zining ilk professional mavsumida jamoa to‘purariga aylanadi. Afsuski, erta kelgan mashhurlikni ko‘tara olmagan Kutronening o‘yinida keskin pasayish kuzatiladi. Oqibatda, “Milan” uni “Vulverxempton”ga o‘tib ketishiga qarshilik qilmaydi. Achinarlisi shundaki, Patrik APLda o‘zini ko‘rsata olmadi. Ayni damda ijara asosida “Fiorentina” sharafini “qo‘ldan kelgancha” himoya qilmoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:06, 02.06.2020.
O'qildi: 7581 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.