Mario Balotelli o‘zining “hurmacha” qiliqlari bilan omma e’tiboriga tushgan mashhur shaxslardan biri sanaladi. Qahramonimiz karantin chog‘ida ham o‘z odatlariga sodiq qolishga “muvaffaq” bo‘lgani e’tiborli holat. “Breshiya” klubi futbolchi o‘z darajasiga qaytishi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni amalga oshirdi. Hatto unga sardorlik bog‘ichini ham taqdim edi. Afsuski, bu Marioni ijobiy tomonga o‘zgarishiga ko‘mak bergani yo‘q. Ayni damda, super Marioning jamoasi xavfli zonadan “muqim” o‘rin egallagan va katta ehtimol bilan “A Seriya”ni tark etishi mumkin. Achinarlisi shundaki, Marioning Italiyaga qaytishi omadsiz bo‘lib chiqdi. Bugun u ishtirokidagi eng e’tiborga molik epizodlar o‘nligini e’tiboringizga havola etamiz.
Menga penaltini beringlar!
Uzoq 2009-yil. “Inter” “Palermo”ni qabul qilmoqda. Qahramonimiz 11 metrlik nuqtadan Samuel zarba yo‘llashini jim tomosha qilib tura olmadi. Darrov uning yo‘lini to‘sdi va zarbani o‘zi ijro etishi kerakligini aytdi. Vaziyatni yumshatish uchun “Inter” afsonasi Zanettining aralashishga to‘g‘ri keldi. U o‘spirin Marioni to‘p oldidan uzoqroqqa olib ketdi va allanimalar deb ovutdi. Mario o‘sha daqiqalrdayoq antimuxlislar ortirib olishni boshlagan desak, adashmagan bo‘lamiz.
Bayramni rasvo qilish borasida benazir
2009/10-yilgi mavsumda “ko‘k-qoralar” “Barselona”ni YECHL yarim finalining birinchi uchrashuvida mag‘lub etishni uddalashadi. Tablodagi natijadan barcha qoniqqan, muxlislar xursand, biroq Balotelli o‘sha kuni o‘z xarakterini yana bir bor namoyish etadi. Afsuski, Italiya tiffozilari Marioni irqchilik qilish orqali quyishqonidan chiqarishga harakat qilishadi. Mario esa, o‘yin yuqori tempda yakunlanganiga qaramay, uchrashuvdan so‘ng barchaning ko‘z o‘ngida klub futbolkasini yechib chimga uloqtirib yuboradi. Bu stadionga yig‘ilgan muxlislarning g‘azabiga sabab bo‘ladi. Vaziyatga klubning yana bir janjalkashi – Marko Materassiaralashadi va uni o‘zini bosib olishga chaqiradi. Keyinroq, Marko yosh futbolchiga barchaning oldida musht tushirishgacha boradi. Umuman olganda, Mario o‘zi yoqimsiz vaziyatda o‘zini qanday tutishni bilmaydigan futbolchi edi. Afsuski, shunday bo‘lib qolib ketdi.
G‘alati odat
“Manchester Siti” bilan shartnoma imzolagach, Mario o‘zini aslida qanday ekanligini sekin-asta namoyish etishni boshlaydi. Qo‘pol hazillari bilan barchaning medasiga tekkan hujumchiklubning yoshlar jamoasidagi futbolchilarining ustiga dron uchirishgacha boradi. Uning ko‘ngilochar mashg‘uloti sababli yosh futbolchilardan biri boshidan jarohat oladi. Balotelli esa, vaziyatni miriqib tomosha qilgancha klub bazasini tark etadi.
Dinamochiga berilgan zarba
Ukrainalik futbol muxlislari yaxshi eslab qolgan vaziyatga qisqacha to‘xtalib o‘tishga qaror qildik. Yevropa ligasining 1/8 bosqichida “shaharliklar” o‘z uyida “Dinamo Kiyev” jamoasiga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lishadi. Javob uchrashuvida jamoaning asosiy tarkibi “jang”gatashlanadi. “Siti” o‘yinni yaxshi boshlaydi. Birin-ketin vaziyatlar yaratishni boshlagan bir paytda Balotelli Popovni karateuslubidagi zarba bilan yerga yiqitadi. Turkiyalik Chaqir o‘ylab o‘tirmay Marioga qizil kartochka ko‘rsatadi. 35 daqiqadan boshlab bir kishi kam bo‘lib to‘p tepgan “shaharliklar” minimal hisobda g‘alaba qozonishadi, biroq ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra baribir musobaqani tark etishga majbur bo‘lishadi. Agar o‘sha qizil kartochka bo‘lmaganida, klub ortiqcha qiyinchiliksiz Ukrainadan g‘alaba bilan qaytgan bo‘lar edimi?! Yana kim biladi deysiz?!
Meni almashtirishmang!
Mavsum oldi o‘rtoqlik uchrashuvi. “Manchester Siti” “Los Anjelos Geleksi”ga qarshi. Mario raqib darvozaboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib keldi va negadir to‘pni “o‘zgacha” uslubda darvozaga yo‘llashga qaror qildi. Bu tashqaridan juda kulguli va g‘alati ko‘ringani bois, Manchini chidab tura olmadi va uni darroz zaxiraga oldi. Qilar ishni qilib qo‘ygan bo‘lsada, Mario murabbiy uzatgan qo‘lni havoda qoldirgancha o‘rniga borib o‘tirib oldi.
Hammomdagi yong‘in
Mario ijrosidagi navbatdagi “hunar”ni yodga olamiz. Bu safar Mario do‘stlari bilan o‘z uyida yong‘in chiqarishgacha bordi. 5 kishidan iborat do‘stlar kompaniyasi ko‘p qavatli uyning oynasidan mushak otishga qaror qiladi va uni hammomning oynasidan tashqariga qarata yo‘naltirishadi. Mushak ko‘ngildagidek balandlikka ko‘tarilmagani bois, hammomdagi pardaga borib uriladi va darrov yong‘in chiqadi. Yong‘in jadallashgani bois, darrov o‘to‘chiruvchilarni chaqirishga to‘g‘ri keladi.
Videotakrordan so‘ng chetlatilish
Aslida, Mario uchun qizil kartochka olish hech qanday muammo emas. Buning uchun undan katta mehnat talab etilmaydi. Qahramonimiz hatto “Breshiya”dagi faoliyatini ham Fransiyada ko‘rsatgan “karomati” sababli 4 ta o‘yinlik diskvalifikasiyabilan boshladi. Uning faoliyatida bundanda qiziq voqea sodir bo‘lgan. 2011/12-yilgi mavsumda “Fulxem”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng, Angliya tartib-intizom qo‘mitasi Marioni 4ta o‘yinga diskvalifikasiyaqiladi. Gap shundaki, Mario raqib yarim himoyachisi Skot Parkerning boshiga “qog‘ozga o‘ralgan” uslubida zarba yo‘llaydi. Uchrashuv hakami bunga e’tibor qaratmaydi, biroq o‘yindan so‘ng video takrorlar orqali Balotellini 4 ta o‘yinga chetlatishga qaror qilishadi.
Manchini bilan jang
Manchesterda Balotelliga uzoq muddat sabrqilishlariga to‘g‘ri keldi. Shunday bo‘lsada, futbolchining iqtidoriga ishonch bildirgan Manchiniga nisbatan qilingan hurmatsizlikdan so‘ng, unga chiqish eshiklari ko‘rsatib yuboriladi.
Mashg‘ulotlar paytida, Balotelli Skot Sinklerga nisbatan juda qo‘pol harakat qiladi. Buni tomosha qilib turgan Manchini darrov maydonga tushib uning futbolkasidan tortadi. Mario esa, bor e’tiborini uni eng badavlat insonga aylantirgan murabbiy bilan mushtlashishga qaratadi. Yaxshiyamki, murabbiylar shtabi vaziyatga aralashadi va italiyaliklarni ajratib qo‘yishadi. O‘sha janjaldan ko‘p o‘tmay, Marioni “Milan”ga jo‘natib yuborishadi.
Chekish ma’n etiladi
Tan olish lozim, “Milan” safida Balotelli ba’zan chinakam shoularni namoyish etgan. Afsuski, unga stabillik yetishmadi. Achinarlisi shundaki, klub “Fiorentina” bilan mehmondagi o‘yinga tashrif buyuradi. O‘yin oldidan futbolchining hojatxonada tamaki chakib o‘tirganini ko‘rib qolishadi. Keyinchalik Balotelli qilmishi uchun uzr so‘radi va belgilangan jarimani to‘ladi.
Bir qarashda ishonish qiyin, lekin Marioning pandemiya chog‘ida ijtimoiy tarmoqlarda qoldirgan postlaridan biriga e’tiboringizni qaratamiz.
“Pandemiya e’lon qilingach, 3 kun davomida karton qog‘ozlarni iste’mol qildim. Hatto uyning devorini ham tishlab ko‘rdim. Yaxshiyamki taom buyutma berish esimga tushib qoldi”.
Veronadagi irqchilik
Bu mavsumning birinchi davrasida “Breshiya” “Verona”da mehmon bo‘ldi. Veronalik tiffozilar o‘zlarining irqchilikka moyilligi bilan ajralib turishi hech kimga sir emas. Ular uchrashuvning birinchi daqiqalaridan boshlab, Marioga ruhiy bosim o‘tkazishni boshlab yuborishdi. O‘yinning 54-daqiqasida futbolchining asablari dosh bermadi. U to‘pni oldi va to‘g‘ri muxlislar sektori tomonga zarb bilan tepdi. Keyin o‘yinni davom ettirishdan bosh tortdi. Jamoadoshlari uni uzoq muddat ko‘ndirishga harakat qilishdi va bu naf berdi. Mario o‘yinga qaytdi va hatto gol ham kiritdi. Afsuski, o‘sha kuni (2:1) u kiritgan gol ochko uchun kamlik qildi. Mana shunday katta va boy tarixga ega futbolchi bilan qaysi klub shartnoma imzolashi mumkin? Bu savolga yozda javob olishimiz aniq.