Myunxenning "Bavariya" klubi zahira darvozaboni Sven Ulrayx jamoani tark etish niyatida ekanligini yashirmadi.
Agar Manuel Noyerning o‘rinbosari Aleksandr Nyubel bo‘ladigan bo‘lsa, u holda 31 yoshli Ulrayx uchinchi darvozabonga aylanib qolishni xohlamayapti.
"Men keyingi mavsumda uchinchi darvozabon bo‘lishni xohlamayman, shuning uchun men yangi qaror izlayapman", — dedi Ulrayx Sport1 bilan suhbatda.