Kirish Ro'yxatdan o'tish

Futzal jamoalariga ochiq havoda mashg‘ulot o‘tkazishga ruxsat berildi

Futzal jamoalariga ochiq havoda mashg‘ulot o‘tkazishga ruxsat berildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ma’lumki, joriy yil 16-martdan rejalashtirilgan barcha futbol musobaqalari, musobaqalarga tayyorgarlik mashg‘ulotlari va tadbirlari koronavirus infeksiyasiga barham berilguniga yoki Respublika maxsus komissiyasi tomonidan musobaqalarni o‘tkazishga ruxsat etilguniga qadar vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 29-maydagi 26-sonli yig‘ilish bayoniga asosan professional futbol klublariga o‘z o‘quv-mashg‘ulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda boshlashiga hamda joriy yil 5-iyun kunidan O‘zbekiston Professional futbol ligasi chempionatlarini davom ettirilishiga rasman ruxsat berilgan edi.

Shu munosabati bilan 4-iyun sanasidan O‘zPFL tasarrufidagi barcha futzal jamoalariga ochiq havoda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qatiy rioya qilgan holda mashg‘ulotlarni boshlashga ruxsat etildi.

Futzal jamoalariga yopiq sport inshootlarida shug‘ullanishga va musobaqalarda ishtirok etishga ruxsat berilguniga qadar ochiq havodagi futbol maydonlarida vaqtincha mashg‘ulot o‘tkazib turishlari tavsiya etiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 18:47, 04.06.2020.
O'qildi: 1442 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.