Kosta-Rika chempionatining pley-off yarim final bosqichining javob uchrashuvi doirasida «Eskazusena» va «Desamparados» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda mezbonlar darvozaboni qahramonga aylandi.
«Eskazusena» posboni Minor Alvares bahsning 85-daqiqasida jarimadan zarba berib, hisobni tenglashtirdi. Penaltilar seriyasida ham mezbonlar g‘alaba qozonib, Klausura finaliga yo‘l olishdi.