Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

"Liverpul" sobiq futbolchisi: «Aftidan, Verner zahira futbolchisiga aylanishni xohlamadi»

"Liverpul" sobiq futbolchisi: «Aftidan, Verner zahira futbolchisiga aylanishni xohlamadi»

Baho:
+ | -

Angliyaning «Liverpul» klubi sobiq futbolchisi Jeymi Rednapp Timo Vernerni «Chelsi» klubiga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

«Ko‘rinishidan, Lempard Vernerni "Chelsi"ga o‘tishiga ishontira oldi. Qanday qilib Lempard buni "Chelsi"ning YECHLda o‘ynashi aniq bo‘lmagan muhitda amalga oshirganiga hayronman. O‘ylaymanki, Verner «Stemford Bridj»da asosiy tarkibda maydonga tushishni angladi, chunki, Villian va Pedrolarning shartnomalari yakunlanib bormoqda.

Timo – ajoyib futbolchi. Lekin, u hozirda «Liverpul»ning poydevori bo‘la olishiga shubha qilaman. Mane, Salax yoki Firminolar o‘z joylarini unga bo‘shatib beradi deb o‘ylamayman. Bu ayni paytdagi eng kuchli hujumkor trio sanaladi.

Aftidan, Verner zahira futbolchisiga aylanishni xohlamadi», — dedi Jeymi Rednapp.

Kiritildi: 13:16, 08.06.2020.
O'qildi: 5270 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик