Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Tojikiston chempionati qachon davom ettirilishi ma’lum bo‘ldi

Tojikiston chempionati qachon davom ettirilishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Tojikiston futbol federasiyasi mamlakat chempionati o‘yinlari qayta tiklanishini e’lon qildi.

Milliy chempionatning 5-tur o‘yinlari 16 iyun sanasidan davom ettiriladi. Ehtiyotkorlik yuzasidan uchrashuvlar tomoshabinlarsiz o‘tkazilishda davom etadi.

Shu bilan birga, Tojikiston futbol federasiyasi davralar sonini ham uchtadan ikkitaga qisqartirishga qaror qilgan. Ushbu holatda jamoalar mavsum yakuniga qadar 18 tadan o‘yin o‘tkazadi.

Majburiy tanaffus yuzaga kelguniga qadar jamoalar 4 ta turda maydonga tushishga ulgurgandi. Dushanbening «Istiqlol» va Boxtarning «Xatlon» klublari 10 ochkodan to‘plab, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Tojikiston Oliy Ligasi klublari 1 iyun kuni mashg‘ulotlarni boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, chempionat koronavirus pandemiyasi sabab aprel oyi oxirida to‘xtab qolgandi.

Ma’lumot uchun, 7 iyun holatiga ko‘ra Tojikistonda koronavirus yuqtirganlar soni 4529 nafarni tashkil qiladi, kasallanganlardan 2673 kishi tuzalgan bo‘lsa, 48 kishi vafot etgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:34, 08.06.2020.
O'qildi: 2644 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик