Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Kanchelskis: "Ayrimlar futbolchilikni boshqa kasbga almashtirishlari kerakdir?"

Kanchelskis: "Ayrimlar futbolchilikni boshqa kasbga almashtirishlari kerakdir?"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

9  iyun kuni bo‘lib o‘tgan “Navbahor” – “Turon” (1:0)   jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin “Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

O‘zinglar ko‘rdinglar, ushbu o‘yinda har ikki jamoada ishtiyoq kuchli bo‘ldi. Mazkur bahsda asosiy tarkibning 3-4 nafar futbolchisi maydonga tushdi, xolos. Boisi, biz yoshlarga imkoniyat berishga harakat qildik.

Ular mana shunday uchrashuvlarda tajovuzkor o‘yin ko‘rsatishlari, o‘zlari emas, jamoa uchun o‘ynashlari lozim.

To‘g‘ri, 1:0 hisobida g‘alaba qozondik. Ammo jamoa o‘yinida muammolar borligi bilindi.

Yosh futbolchilarning ko‘pchiligida ishtiyoq kuchli. Lekin ulardan ayrimlari  buni maydonda to‘liq namoyish eta olishdi, ba’zilari esa yo‘q.Ayrim yigitlar asosiy tarkibdan o‘rin olish uchun o‘zlarining nimalarga qodirliklarini namoyish eta olishlari shart. Balki, ulardan ayrimlari futbolchilikni boshqa kasbga almashtirishlari kerakdir?

Mayli, bu borada chuqur ketmay, o‘sha futbolchilarning ism-shariflarini keltirmayman. Biroq ushbu o‘yin ular va biz uchun saboq bo‘lganligini ta’kidlashim lozim.

Kanchelskis rasmi 16

Albatta, futbolchilar ko‘p vaqt davomida maydonga tushishmagan,  o‘yin amaliyoti va o‘zaro o‘yin uyg‘unligi yo‘qligi ham mazkur bahsga o‘z ta’sirini o‘tkazdi.

Ammo ayniqsa, yoshlar mashg‘ulotlarda astoydil ter to‘kib, o‘zlarining nimalarga qodirliklarini shunday nazorat-sinov o‘yinlarida namoyish etishlari shart.

Ushbu bahsda esa tajribali futbolchilarni zaxira o‘rindig‘iga olganimizdan so‘ng, to‘p nazoratida muammolar paydo bo‘lishni boshladi.

Aksincha, mehmonlar to‘pni ko‘proq nazorat qila boshlashdi. Vaholanki, biz raqibga bunday imkoniyat bermasligimiz lozim edi.

Ta’kidlayman, mazkur uchrashuvda maydonda asosan ikkinchi tarkib futbolchilari harakat qilishdi, chunki asosiy tarkib a’zolari 3 kun oldin Qo‘qonda maydonga tushishgandi.

Nima bo‘lgandayam, ushbu o‘yinda zafar quchdik hamda bu ijobiy holat.

Har qanday g‘alaba kishiga ijobiy kayfiyat bag‘ishlaydi. Boisi, o‘yin unutiladi, natija esa tarixda qoladi. Shuning uchun ushbu yutuq yigitlarning kayfiyatini ko‘targanligi aniq va Qarshiga ko‘tarinki kayfiyatda yo‘l olamiz.

Har bir jamoa, jumladan, “Navbahor”da ham g‘alaba ruhi doimo bo‘lishi shart.         

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Kiritildi: 02:05, 11.06.2020.
O'qildi: 6511 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.