"Lasio" futbolchisi Adam Marushich klubni tark etishga qaror qildi.
Italiya matbuotining xabariga ko‘ra, futbolchi rimliklar bilan yangi shartnoma imzolamoqchi emas. Uning xizmatiga PSJ klubi qiziqish bildirmoqda.
Marushich yangi darajaga chiqmoqchi, qolaversa u ko‘proq maosh olishni xohlamoqda. Parijliklar safida u ko‘proq ishlab topishi kutilmoqda.