Kataloniyaning «Barselona» klubi yaqin kunlar ichida yangi mavsum uchun o‘zining yangi formasini taqdim qiladi.
3 iyul kuni yangi ekipirovka sotuvga chiqishi kutilmoqda. 7 yoki 8 iyul kuni "ko‘k-anorranglilar" o‘sha yangi formasida «Espanyol» klubiga qarshi derbida maydonga tushadi.
Avgust oyining boshida «Barselona» YECHLning 1/8 final javob uchrashuvida «Napoli» klubiga qarshi bahs olib boradi, biroq, o‘sha bahsda yangi formada maydonga tushish uchun ruxsat beriladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.
«Barselona»ning texnik homiysi Nike kompaniyasi sanaladi.