Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Transfer olamdagi yangiliklar

Transfer olamdagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirib o‘tishda davom etamiz.

Remzi qaytadi

Turinning “Yuventus” jamoasi yarim himoyachisi Aaron Remzi yozda katta ehtimol bilan yana APLga qaytadi.

Bu haqida “Tuttosport” nashri ma’lum qilmoqda. Ayni damda birorta klub uning transferini sotib olishni istamayapti. Shu bois, “Yuve” uyelslik futbolchinini “Chelsi” yarim himoyachisi Jorjinyo bilan “barter” qilish niyatida. Manbada yozislishicha, “Chelsi” o‘z futbolchisi uchun talab qilayotgan 60-70 million yevroning teng yarimini “Yuventus” Remzi bilan to‘lamoqchi.

Eslatib o‘tamiz, “zebralar” rahbariyati Remzi borasida istalgan taklifni ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini rasman e’lon qildi.

“Rostov” futbolchisi “M-YU” e’tiborida

 

Rossiyaning Rostov jamoasi yarim himoyachisi Matias Normann hali-hamon “Manchester Yunayted” futbolchisiga ayalanishi mumkin. Bu haqida Daily Exspressnashri ma’lum qilmoqda.

Manbada yozilishicha, 24 yoshli futbolchini shaxsan Sulsher jamada ko‘rishni istamoqda. Norvegiyalik futbolchini “qizil iblislar” qishda sotib olishni istagan edi, biroq “Rostov” asosiy futbolchisidan ayrilishni istamgan edi.

Endilikda, rus klubi o‘z futbolchisi uchun 15 million funt sterling talab qilmoqda. Klub Matiasni bundan arzon narxdaq o‘yib yubormoqchi emas.

Benfika futbolchisi nishonda

 

Goal.combergan ma’lumotlarga qaraganda, “Benfika” jamoasi futbolchisi Florentino bir nechta grand jamoalar nishonida turibdi.

Manbada yozilishicha, “Latsio” va “Manchester Yunayted” klublari yarim himoyachi uchun kurashda asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Hatto “qizil iblislar” yosh iqtidor egasi uchun portugaliya klubiga 25 million yevro taklif qilishga ham ulgurgan.

Transfermarket nashri 20 yoshli futbolchini 18 million yevroga baholagan bo‘lsada, “burgutlar” o‘z futbolchisini 30 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

Iguain qayerga ketadi?

 

Turinning “Yuventus” jamoasi hujumchisi Gonsalo Iguain o‘z faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.

“L’equipe”ning ma’lum qilishicha, argentinalik hujumchi bilan Fransiyaning “Marsel” jamoasi jiddiy qiziqib qolgan.

Turin klubi o‘z futbolchisini kelasi mavsum rejalariga kiritmagani bois, u borasida kelib tushgan istalgan taklifni ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini rasman e’lon qilib ulgurgan.

Eslatib o‘tamiz, “Marsel yozda o‘zining asosiy hujumchisi Dario Benedettoni sotib yuborishi mumkin. Shu sababli, klub uning o‘rnini bosishga qodir kuchli markaziy hujumchi izlamoqda.

Rayoladan ajoyib tryuk

Ayni damda “Roma” sharafini ijara asosida himoya qilayotgan Genrix Mxitaryanni jamoada olib qolish uchun klub g‘alati rejani amalga oshirmoqchi.

Bu transfer ustida shaxsan Mino Rayola ishlamoqda. Unga ko‘ra, “Roma” armanistonlik futbolchini o‘z safida olib qoladi va uning o‘rniga Londonga Jastin Klyuvertni yuboradi. Yosh vingerning narxi baland bo‘lgani bois, yana 20 million yevro qo‘shimcha daromad ham qilmoqchi.

Hozircha, “Arsenal” Rayolaning bu taklifiga javob qaytarganicha yo‘q. Shunday bo‘lsada, “koninirlar” ustozi Mxitaryanni klubda ko‘rish istagida emas. Shu sababli bu transfer amalga oshishi mumkin. Boz ustiga, Klyuvertlarning kichigi ham APL klubiga o‘tish ishtiyoqida yonmoqda. Umuman olganda, Mino Rayola hammani birdek rozi qilishga qodir reja o‘ylab chiqdi. Endi uning amalga oshishini kutish qoldi xolos.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 07:50, 14.06.2020.
O'qildi: 14249 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.