Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

PSJ futbolchisi «Borussiya D»ga o‘tadigan bo‘ldi

PSJ futbolchisi «Borussiya D»ga o‘tadigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

PSJ himoyachisi Toma Menye tez orada Dortmundning «Borussiya» klubi o‘yinchisiga aylanadi. Bu haqda jurnalist Nikola Skira Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, «Borussiya» belgiyalik futbolchi bilan to‘rt yillik shartnoma imzolaydi. Menye nemis klubiga erkin agent sifatida qo‘shiladi.

Dortmund klubining ijara asosida harakat qilayotgan himoyachisi Ashraf Hakimiyning esa «Real»ga qaytishi ta’kidlanmoqda.

Avvalroq Menye PSJ bilan shartnomani uzaytirib, faoliyatini Fransiyada davom ettirish niyatida ekanini aytgandi.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli futbolchi 2016 yilda parijliklar safiga qo‘shilgan. Menye koronavirus pandemiyasi sababli muddatidan oldin yakunlangan Fransiya chempionatining 2019/20 yilgi mavsumida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golga assistentlik qildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:58, 17.06.2020.
O'qildi: 5263 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик