Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Ko‘rishingiz shart! Futbol tarixidan so‘ylovchi suratlar (49-qism)

Ko‘rishingiz shart! Futbol tarixidan so‘ylovchi suratlar (49-qism)

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi tarixiy suratlat bilan tanishtirishda davom etamiz.

Ronaldo “Barselona” futbolchisiga aylanmoqda. U ko‘p o‘tmay shu klub safida o‘zining yulduzli faoliyatiga start beradi!

 

Futbol qiroli ovga chiqqan ko‘rinadi

 

1988-yil. Yangi “Milan” katta sahnaga chiqib kelmoqda. Gullit, Barezi, Kostakurta va Maldini Skudettoni nishonlamoqda.

 

Mishel Platini 1978-yildagi JCHda Fransiyani guruhda qolib ketishdan asrab qola olmadi. U 2015-yilda bunda xunukroq vaziyatga tushib qolishidan bexabar.


 

1983-yil. Ser Aleks “Aberdin” bilan “Real”ni mag‘lub etdi va Kubog egalari kubogini yurtiga olib ketmoqda. Uning yulduzli onlari aynan tayyorada boshlangan bo‘lsa, ajab emas.

 

1966-yil. O‘z uyida bo‘lib o‘tgan mundialda g‘olib chiqqan ingliz futbolchilari xotirjam qarta o‘ynamoqda. Vaholanki, bu surat final uchrashuvidan bir kun avval olingan.

 

2 yoshli Dalma Maradona otasiga butsalarini olib bermoqda. Afsuski, bu qizaloqni kelajakda katta qiyinchiliklar kutib turibdi…

 

Yurgen Klopp futbolchilik faoliyatini bir klubga bag‘ishlagan. To‘g‘ri, aytarli hech narsa erishgani yo‘q, biroq u ko‘zoynakni taqqishi bilan “mo‘’jiza” yuz berdi. Endi u o‘z ko‘zoynagini sira yechmayapti.

 

Moskvadagi YECHL final uchrashuvi olidan “qizil iblislar” mashg‘ulot o‘tkazishmoqda. Aynan ushbu final Ronalduning ilk “oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishiga turtki bo‘lgan.

 

1992-yil. Shmeyxel Van Bastenning zarbasini bartaraf etmoqda. Aynan shu seyv yakunda Daniyani Yevropa chempionati finaliga olib chiqadi.

 

Joazinyo o‘z vaqtida futbol olamining qiroli bo‘lgan. Afsuski, yangi avlod muxlislari u haqida aytarli ma’lumotga ega emas.

 

Bu komedik filmdan olingan surat emas. “Park De Prens” arenasidagi tartibga 20 asrda jandarmalar javob berishgan.

 

Tabloga e’tibor qarating! “Real”ni yanchib tashlagan nemislar bir haftadan so‘ng, (0:4) Madriddan “tarvuzlari qo‘ltiqlaridan tushib” qaytib kelishadi.

 

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 02:20, 20.06.2020.
O'qildi: 9559 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик