Yaqindagina Jasurbekning “Lokomotiv” klubiga o‘tishi borasidagi mish-mishlar qulog‘imga chalinib qoldi. To‘g‘risi, bundan quvondim. Sababi u yosh, vunderkind, tezkor va juda foydali futbolchi ekanligidan xabarim bor edi. Keyinroq uning agenti sifatida Belous faoliyat olib borayotganidan xabar topdim. Ushbu transfer haqida qiziq faktlarni bir joyga jamlashga urunib ko‘raman.
Tan olish lozim, Jasur umuman nomi chiqmagan futbolchi emas. U taniqli nashrlar tomonidan sayyoramizning eng kuchli yosh futbolchilari ro‘yxatiga kiritilgan dunyo darajasidagi "yulduzcha"! Bejizga uni dekabr oyida Italiya klubi ko‘rikdan o‘tkazgani yo‘q. Qahramonimiz “A Seriya”ga yo‘l olishi taxmin qilinayotgan “Benavento” safida 1 oy mashg‘ulot o‘tkazdi va klub ustozi – Filippo Inzagida ilq taassurot qoldirdi. Keyinroq, Italiya nashrlari uning “A Seriya” orqali “Lester”ga o‘tishi borasida yozishdi. Inzagining o‘zi bu transfer bilan shug‘ullanishi borasida ma’lumotlar berildi, biroq COVID-19 sababli barcha rejalar barbod bo‘ldi. Keyinroq, yigitcha APLda to‘p surish orzusi bor ekanligi haqida mahaliy nashrlar uchun intervyu ham berdi.
O‘zbek futboli
O‘zbek futboli deganda, ko‘z oldimga “Lokomotiv” sharafini himoya qilgan 3 ta futbolchi keladi. Ulardan biri Denisov bo‘lsa, qolgan ikkitasi yaqin tarixdagi Pashinin va Maminovdir. Ayni damda, klub sferasida ish olib borayotgan Maminov Jasurning murabbiylari bilan bir paytlar terma jamoa sharafini himoya qilgani bois, ko‘plab “Lokomotiv” jamoasi muxlislari bu transferning ortida Maminov turibdi deb o‘ylamoqda. Aslida unday emas. Ma’lum bo‘lishicha, Jasurbek Jaloliddinovning birinchi ustozi rus futbol fanatlari uchun tanish bo‘lgan Mirjalol Qosimov sanaladi. Aynan Mirjalol Qo‘shoqovich uni turli yoshlardagi jamoalardagi o‘sishini kuzatib borgan va futbolchi bo‘lib yetishishida katta hissa qo‘shgan shaxs sanaladi.
Bu transfer bilan kim shug‘ullanmoqda?
Ayni damda, Losyuk G‘arbiy Yevropada seleksiya ishlarini olib bormoqda. Shu sababli, Belous bor e’tiborini markazroqqa qaratgan ko‘rinadi. Ko‘plab nashrlar Belousni Jasurning agenti deb taxmin qilmoqda. Aslida, u Jaloliddinov uchun agentdan ham yaqinroq. U Stadion.uz uchun bergan intervyusida, agenti bilan juda yaqin bo‘lib ketgani haqida to‘lqinlanib so‘zlagan edi. Shu o‘rinda yana bir qiziq fakt. Bugungi kunda “Bunyodkor” va O‘zbekiston milliy terma jamoasi ustozi Vadim Abramov ham Belous bilan qalin do‘stlar sanaladi. Shundga qaramay, Jasurning transferini ustida Soccer Career Agency kompaniyasi ish olib bormoqda. Vaholanki, bu kompaniyaga Belousning hech qanday aloqasi yo‘q.
Shu o‘rinda, Belousning Toshkent klubi bilan doimo aloqada bo‘lishiga doir qiziqarli fakt bilan tanishing. Bejizga “qaldirg‘ochlar”ni Osiyo “Barselona”si deb ta’riflashmagan. O‘z vaqtida bu klub Kataloniyaning “Barselona”si bilan juda yaqin munosabatlar o‘rnatgan. Rivaldoning “Bunyokor”ga o‘tishiga ham “Barsa” ko‘ndirgani haqidagi ma’lumotlar mavjud. Sobiq prezidentning qizi davrida bu klub byudjet borasida Osiyoda eng baquvvat jamoalardan biri edi. O‘sha davrlarda klub “Barselona” bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishga ham muvaffaq bo‘lgan. Aynan shu yillar oralig‘ida kutilmaganda Belous ham “Barselona” bilan yaxshi aloqalar o‘rnatadi va Lopesni Moskvaga ko‘chirib olib keladi. Keyinchalik, klub sferasida ish olib borayotgan Bakeroning ham Moskvaga ko‘chib o‘tishi haqida mish-mishlar tarqaladi, biroq yakunda bu amalga oshmaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, Belousning “Bunyodkor” va Jasurbek bilan aloqalari juda yaxshi. Shu sababli, bu transferning amalga oshishi deyarli hal etib bo‘lingan masala. Ba’zi nashrlari Jasurbek uchun “temiryo‘lchilar” 900 ming yevrodan voz kechishi haqida yozmoqda. Katta ehtimol bilan biznikilar 500 ming yevroga toshkentliklarni ko‘ndirishsa, ajab emas.