Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Mirjalol Qosimov: «Ikkinchi taymda o‘yinga tezlik qo‘shdik»

Mirjalol Qosimov: «Ikkinchi taymda o‘yinga tezlik qo‘shdik»

Baho:
+ | -

AGMK bosh murabbiyi Superliganing 5-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Surxon"ga qarshi o‘yin (1:0) borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"O‘yin oson bo‘lmadi. "Surxon" malakali futbolchilarga ega yaxshi shakllangan jamoa. O‘tgan turda ular “Mash’al”ni yutolmaganlari tufayli ham bugun yanada kuchli ishtiyoq bilan o‘ynashdi. Ular bugun himoyaga e’tibor qaratgan holda, qarshi hujum taktikasiga tayanib o‘ynadi. Qolaversa, «Surxon»da qarshi hujumda yaxshi harakatlanadigan hujumchi - Kasyan bor.

Raqib asosan himoyada o‘ynagani bois  birinchi bo‘limda ularning mudofaasidan o‘tishga qiynaldik. Ikkinchi bo‘limda o‘zimizda kuch topib, shiddatkor o‘yin taklif etdik. Shuningdek, o‘yinga tezlik, dinamika qo‘shildi. Natijada vaziyatlar paydo bo‘ldi.

Vaziyatlardan samarali foydalanishda kamchiliklar bor. Chunki o‘yin ritmini his etish uchun futbolchilarga vaqt kerak. Karantin tufayli 3 oy dam olindi. Bu hazil emas. Mashg‘ulot boshqa - maydonda rasmiy o‘yin o‘tkazish boshqa. Qolaversa, ikki futbolchimizda (Shorahmedov va Zonich) jarohat borligi tufayli ular bugun o‘yinda ishtirok etishmadi. Tarkibda o‘zgarishlar bo‘ldi. Endi rotasiya qilib turamiz", — dedi Qosimov.

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 05:18, 21.06.2020.
O'qildi: 1683 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик