Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Frank Riberi 2013 yilgi «Oltin to‘p» o‘ziga emas, Ronalduga berilganidan hamon norozi ekanligini aytdi

Frank Riberi 2013 yilgi «Oltin to‘p» o‘ziga emas, Ronalduga berilganidan hamon norozi ekanligini aytdi

Baho:
+1 | -

Italiyaning «Fiorentina» klubi yarim himoyachisi Frank Riberi 2013 yilda «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kirita olmaganidan hamon norozi ekanini bildirdi.

O‘shanda fransiyalik futbolchi «Bavariya» safida Germaniya chempionati, Kubogi va Superkubogida g‘alaba qozongandi. Shuningdek, u Chempionlar Ligasida ham bosh sovringa ega chiqqan.

«Men ‘Oltin to‘p’ni qo‘lga kiritishim uchun yana nima qilishim kerak edi? Agar klub va terma jamoa bilan barcha musobaqalarda g‘alaba qozonib, maydonda ham, uning tashqarisida ham insoniylik bilan ish tutsangiz-u, lekin buning natijasi bo‘lmasa... O‘shanda men uchun qiyin davrlar bo‘lgandi», — deydi Riberi.

Eslatib o‘tamiz, 2013 yilgi «Oltin to‘p» sovrini Krishtianu Ronalduga topshirilgandi. Ikkinchi o‘rinni esa Lionel Messi egallagan.

37 yoshli Riberi 2019 yildan beri «Fiorentina» sharafani himoya qilmoqda. Ushbu mavsumda u Italiya A Seriyasining 11 uchrashuvida 2 ta gol urgan va xuddi shuncha assistga mualliflik qilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:30, 22.06.2020.
O'qildi: 8308 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик