Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/12 00:45 Roma 1-0 Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano 0-0 Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted 4-4 Bornmut

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ishchi guruhi Andijon viloyatida bo‘ldi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ishchi guruhi Andijon viloyatida bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmoni ijrosini monitoring qilish maqsadida OʼFА ishchi guruh vakillari kecha Аndijon viloyati shahar va tumanlariga tashrif buyurdi.

Shuningdek, Vazirlar mahkamasining 2020 yil 22 maydagi 311-sonli “Xududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyatini yanada qoʼllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash va mavjud kamchiliklarni aniqlash hamda bartaraf etish, sportning futbol turini Respublikamizda yuqori bosqichga olib chiqishga qaratilgan qator tizimli ishlar holati chuqur oʼrganildi.

Iqtidorli futbolchilarni yetishtirib berish, hududda ushbu sport turini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalar futboli rivojiga qoʼshayotgan hissasi uchun bir necha murabbiylar taqdirlandi. Shuningdek, ushbu sport muassasalariga sport inventarlari taqdim etildi.

Bugun OʼFА ishchi guruh vakillari amalda bajarilishi lozim boʼlgan ishlarni tahlil etish maqsadida Fargʼona viloyatida boʼlib turibdi. Ertaga ular Namangan viloyatiga yoʼl oladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 15:29, 23.06.2020.
O'qildi: 1796 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.