Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Real»ga qarshi o‘yinda maydonga tushgan «Malyorka»ning 15 yoshli futbolchisi La Liga tarixiga kirdi

«Real»ga qarshi o‘yinda maydonga tushgan «Malyorka»ning 15 yoshli futbolchisi La Liga tarixiga kirdi

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasining 31-turi doirasida «Real» — «Malyorka» o‘yini (2:0) bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 83-daqiqasida «Malyorka» safida maydonga yosh yarim himoyachi Luka Romero tushirildi.

Argentinalik futbolchi 15 yosh-u 219 kunligida La Ligada debyut qildi va musobaqa tarixidagi eng yosh o‘yinchiga aylandi.

Shu tariqa Romero «Selta» sobiq futbolchisi Sansonning rekordini yangiladi, u 1939 yilning dekabr oyida 15 yosh-u 255 kunligida debyut qilgan.

Uchrashuv «Real»ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Vinisius Junior va Serxio Ramos o‘z nomlariga bittadan gol yozdirib qo‘ydi. Mazkur g‘alabadan keyin Madrid klubi 68 ochko bilan musobaqa jadvalini boshqarayotgan bo‘lsa, «Malyorka» (26) 18-o‘rinda bormoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:46, 25.06.2020.
O'qildi: 4698 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик