Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Oleg Zoteev: «Ko‘p yil legioner bo‘lib o‘ynashni xohlayman»

Oleg Zoteev: «Ko‘p yil legioner bo‘lib o‘ynashni xohlayman»

Baho:
+ | -

Bugun Oleg Zoteev Janubiy Koreyaning “Chonnam Dragons” klubi bilan shartnoma imzoladi.

Besh yarim mavsumni «Lokomotiv»da o‘tkazgan mohir himoyachi klub bilan iliq xayrlashib, Janubiy Koreyaga yo‘l oldi va endilikda faoliyatini “Chonnam Dragons”da davom ettiradi.

Ma’lumot uchun, ushbu klub Janubiy Koreya K-2 ligasida ishtirok etadi. Futbolchi yangi jamoasi bilan shartnoma imzolagach, «Lokomotiv» PFK matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— Oleg, Janubiy Koreya varianti qanday yuzaga keldi?
— Bu variantni agentim Raul topdi. U menga Janubiy Koreya klubidan qiziqish borligini aytgach, faoliyatimni xorijda davom ettirish istagi tug‘ildi. Albatta, har bir futbolchi o‘zini chetda sinab ko‘rishni xohlaydi. Menda ham shunday imkoniyat yuzagani kelgani uchun foydalanishga qaror qildim.

— Ikki haftalik karantindan so‘ng shartnomaga imzo chekdingiz. Shartnoma muddati haqida ma’lumot bersangiz?
— Shartnoma bir yarim yilga mo‘ljallangan. Imzo chekishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tdim va shundan so‘ng klub bilan kelishuvga erishdim.

— Yangi jamoa bilan tanishishga ulgurdingizmi?
— Shartnoma imzolangach klub va jamoa bilan tanishdim. Yangi jamoam bilan bugun birinchi marta mashg‘ulot o‘tkazdim. Hammasi yaxshi o‘tdi. Meni klub va murabbiylar yaxshi kutib olishdi. Bundan juda xursandman.

— 31 yoshda legionerga aylandingiz. Keyingi maqsadlar qanday?
— (Kulib) Yaxshi savol berdingiz. Nasib qilsa 5 iyul kuni 31 yoshga kiraman. Keyingi maqsadim yangi jamoa safida ham o‘zimni ko‘rsatish, muxlislar va murabbiylar ishonchini qozonish hamda ko‘p yil legioner bo‘lib o‘ynash.

— Qaysi raqamni oldingiz?
— 33-raqam bo‘sh ekan. Shu bois o‘zim sevgan raqamni oldim. Shuni aytishim mumkin, 2013 yildan beri faqat 33-raqamda o‘ynab kelyapman.

— «Lokomotiv» muxlislariga tilaklaringiz?
— Avvalambor meni to‘g‘ri tushunib ketishimga qarshilik bildirmagan klub rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. «Lokomotiv»da ajoyib mavsumlarni o‘tkazdim, klubda hamma yaxshi munosabatda bo‘lib, bir oiladek bo‘lib qolgandik.

Shu o‘rinda «Loko» muxlislariga alohida rahmat. Muxlislar jamoani tinmay qo‘llab turishdi, o‘z navbatida biz ham ular uchun yaxshi o‘yin ko‘rsatishga harakat qildik. «Lokomotiv»da faoliyatimning eng yaxshi damlari o‘tdi deb bemalol ayta olaman. Bizda doim ahil kollektiv bo‘lgan, ko‘plab unutilmas bahslarda yelkama-elka harakat qildik. Shu bois barchaga rahmat deb qolaman va klubning keyingi faoliyatiga omad tilayman.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 21:47, 26.06.2020.
O'qildi: 3328 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.