Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

RPL «Rostov» «Arsenal»ni mag‘lub etdi, Shomurodovdan assist (videosharh)

RPL «Rostov» «Arsenal»ni mag‘lub etdi, Shomurodovdan assist (videosharh)

Baho:
+ | -

"Rostov" klubiga Rossiya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan «Arsenal»ga qarshi o‘yinda asosiy tarkib bilan o‘ynashga ruxsat etildi.

Rostovliklar bu imkoniyatdan foydalanib, o‘z hisoblariga muhim 3 ochkoni yozib qo‘yishdi. Mezbonlar birinchi daqiqadayoq hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Pavel Mamayev raqib posboni qaytargan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.

Bahsning 17-daqiqasida Karpin shogirdlari ikkinchi to‘pni kiritishdi. Shomurodovning ideal uzatmasidan keyin Ionov bosh bilan "Arsenal" darvozasini ishg‘ol qildi.

Uchrashuvning 51-daqiqasida bu safar Chernovning uzatmasidan keyin Shomurodov bosh bilan naq "to‘qqizlik" tomon aniq zarba berdi. "Kanonirlar" posboni o‘ta qiyin zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Oradan 7 daqiqa o‘tib mehmonlar hisobdagi farqni qisqartirishdi. Jarima maydoni markazi tomon berilgan uzatmani Lusenko bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

"Rostov" ushbu g‘alabani saqlab qoldi hamda 41 ochko bilan jadvalda 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Shuncha ochko jamg‘argan "Krasnodar" hisobida esa 2ta zaxira o‘yini bor.

RPL, 24-tur
Rostov – Arsenal Tula 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 1 Mamayev, 2:0 – 17 Ionov, 2:1 – 58 Lusenko.
Rostov – Pesyakov, Kozlov, Chistyakov, Osipenko, Chernov, Saplinov (Bayramyan, 67), Mamayev, Ionov (Dolgov, 88), Glebov, Zaynutdinov (Cherkes, 88), Shomurodov (Proshlyakov, 52).
Arsenal Tula – Lodigin, Xagush (Kovalev, 67), Denisov, Grigalava, Alvares (Volodko, 77), Lomoviskiy (Gorbatenko, 59), Chaushich (Kangva, 67), Lesovoy, Kostadinov, Kangva (Banda, 78), Lusenko.
Ogohlantirishlar: Denisov (10), Lesovoy (57), Glebov (62), Kozlov (66), Gorbatenko (70), Proshlyakov (76), Kovalev (77), Kangva (90).
Chetlatish: Proshlyakov (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:59, 28.06.2020.
O'qildi: 5234 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.