Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

O‘zbekiston Superkubogi-2020: «Bunyodkor W» – «Sevinch». Prevyu

O‘zbekiston Superkubogi-2020: «Bunyodkor W» – «Sevinch». Prevyu

Baho:
+ | -

Bu yilgi mamlaktimiz ayollar futbolining yangi mavsumi ham Superkubok bahsi bilan boshlanmoqda.

Mamlakatimiz ayollar futboli tarixida 6-marta o‘tkazilayotgan bu yilgi Superkubok  bahsiga Jizzax viloyatining Zomin shahri mezbonlik qiladi.

Superkubok uchrashuvi 29 iyun dushanba kuni soat 18:00da boshlanadi.

Ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston Superkubogi tarixiga nazar tashlaymiz. Ayollar Superkubogi ilk marta 2015 yili o‘tkazilgan. Unda uchrashuvlar ikki marta, uy va safar uchrashvlaridan iborat bo‘lgan. Ayollar futboli tarixida “Sevinch” ilk marta Superkubok sohibi bo‘lgan. 2016 yildan esa Superkubok uchrashuvi bitta qilib, belgilab qo‘yildi. Hozircha Superkubokni mamlakatimiz ayollar futbolida ikki jamoa, ikki martadan qo‘lga kiritgan. Bular “Sevinch” (2015, 2017 y.) hamda “Metallurg W” (2016, 2018 y.) jamoalaridir. “Bunyodkor W” jamoasi esa amaldagi Superkubok sohibi hisoblanadi.

Quyida ayollar o‘rtasidagi o‘tkazilgan Superkubok bahslarining  natijalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

I O‘zbekiston Superkubogi. Dastlabki uchrashuv
“Metallurg W” (Bekobod) – “Sevinch” (Qarshi) 0:3
16.04.2015. Bekobod shahri. “Metallurg” stadioni.
Gollar: Saida Xandamova, 23-0:1, Kamola Riskiyeva, 61-0:2, Mariya Moiseeva, 70-0:3.

I O‘zbekiston Superkubogi. Javob uchrashuvi
“Sevinch” (Qarshi) – “Metallurg W” (Bekobod) 1:1
23.04.2019. Qarshi sh., “Geolog” stadioni.
Gollar: Zebo Jo‘rayeva 20 – 1:0 – Moxigul Ikromova 22  – 1:1

II O‘zbekiston Superkubogi
“Sevinch” (Qarshi) – “Metallurg W” (Bekobod) – 0:1 (0:0).
26.04.2016 yil. Toshkent. “JAR” stadioni.
Gol: Dildora Nozimova, 50.

III O‘zbekiston Superkubogi
“Sevinch” (Qarshi) – “Metallurg W” (Bekobod) 5:1 (2:1)
17.04.2017. “JAR” stadioni.
Gollar: Nilufar Qudratova, 40′-1:1, Shaxnoza Qurbanova, 60′-3:1,  Malika Burxanova, 44′-2:1, 61′-4:1, Shaxzoda Jamolova, 69′-5:1 – Feruza Turdiboyeva (pen.), 3′-0:1.

IV O‘zbekiston Superkubogi
“Bunyodkor W” (Toshkent) – “Metallurg W” (Bekobod) 1:2 (1:1)
28.03.2018. “JAR” stadioni.
Gollar: Lyudmila Karachik (41) – Luiza Sadirova (33-o‘z darv.), Nozimaxon Ergasheva (70).

V O‘zbekiston Superkubogi
“SEVINCH” – “BUNYODKOR W” 0:1 (0:0). 2178 tomoshabin
12.04.2019. “JAR” stadioni. 16:00da
Gol:  Mahliyo Sarikova, 79’-0-1
Amalga oshirilmagan penalti (Sevinch): Maftuna Panjiyeva (63).

Guvohi bo‘lganingizdek, sobiq futbolchimiz Saida Xandamova ayollar futbolidagi Superkubok bahslaridagi tarixiy 1-gol mualllifi hisoblanadi.  Mahliyo Sarikova esa so‘nggi gol muallifi bo‘lgan. Superkubok bahslarida eng ko‘p gol kiritgan jamoa – «Sevinch» hisoblanadi (9ta).

Bo‘lib o‘tgan bahslarda eng ko‘p FIFA referisi Edita Mirobidova boshqargan. Ilk bahsni esa, FIFA referisi Anna Sidorova boshqargan.

Toshkentning “Bunyodkor W” jamoasi o‘z tarixida uchinchi marta Superkubok uchun bahs yuritadi. “Sevinch” esa bunday bellashuvda o‘z baxtini beshinchi marta sinab ko‘radi. Futbolchilarimizdan Maftuna Shoyimova va Nilufar Qudratovalar jamoamiz ishtirokidagi bo‘lib o‘tgan barcha Superkubok bahslarida ishitrok etishgan futbolchilar sanalishadi.

Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, hozircha O‘zbekiston Superkubogida ishtirok etayotgan jamoalar soni uchtani tashkil etadi. Bular “Sevinch”, “Metallurg W” va “Bunyodkor W” jamoalaridir.

Bu galgi Superkubokning nominal mezboni “Bunyodkor W” jamoasi bo‘ladi. “Sevinch” jamoamiz esa mehmon jamoa maqomida maydonga tushadi.

Barcha futbol ishqibozlarini, 29 iyun  dushanba kuni Zomin shahridagi “Zomin” stadionida bo‘ladigan O‘zbekiston Superkubok uchrashuvini tomosha qilishga taklif etamiz. Albatta teleekran orqali! Uchrashuv “Sport” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etilishi rejalashtirilgan!

Siz, “Sevinch” va “Bunyodkor W” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda, erkaklar futbolida uchramaydigan qiziqarli voqealar guvohiga aylanishingiz mumkin. O‘tkazib yubormang!

VI O‘zbekiston Superkubogi
“BUNYODKOR W” – “SEVINCH”
29.06..2020. Zomin sh., “Zomin” stadioni. 18:00da
Bosh hakam: Rahimbek Karimov
Qanot hakamlari: Mahmud Turdiyev, Feruz Dostonov
Zaxira hakami: Doston Rahmonov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Nigora Abidova

Manba: pfcsevinch.uz
Kiritildi: 11:05, 29.06.2020.
O'qildi: 4572 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.