Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Sayyoramizning eng qimmat tarkibi (ramziy jamoa)

Sayyoramizning eng qimmat tarkibi (ramziy jamoa)

Baho:
+ | -

Stadion.uztransfermarket portalidagi ma’lumotlarga suyangan xolda, ayni damdagi dunyoning eng qimmat jamoasini tuzib chiqdi.

Darvozabon. Yan Oblak – 100 million yevro

“Atletiko” jamoasining so‘nggi yillardagi chinakam haloskori va qahramoni. Sloveniyalik darvozabon to‘p uchun chiqishda, chiziq ustida va yuqoridan kelayotgan zarbalarni bartaraf etishda mutloq tengsiz. Tan olish lozim, bugungi kunda u futbol olamidagi eng kuchli kipper.

O‘ng qanot himoyachisi. T. A. Arnold – 110 million yevro

Atigi bir necha yil ichida futbol yulduziga aylangan o‘spirin hali 21 yoshga to‘lgani yo‘q. Shunga qaramay, u klub muxlislarining yoqimtoyiga aylanib ulgurdi. Hatto Klopp ham uni : “Burchak to‘pining otasi” deb maqtab qo‘yadi. Umuman olganda, Trend ayni damda dunyoning o‘z pozitsiyasidagi eng qimmat futbolchisi sanaladi.

Chap qanot yarim himoyachisi. Endryu Robertson – 80 million yevro

Shotlandiyalik futbolchi “Liverpul” tarkibida har jabhada o‘sishga muvaffaq bo‘ldi. Uning transfer qiymati haqidaku gapirmasa ham bo‘ladi. Robertson “Liverpul” futbolkasini kiyganida, 15 million yevroga baholangan noma’lum fulbek edi. Endilikda, uni qo‘lga kiritish uchun 80-100 million yevrodan voz kechish talab etiladi.

Markaziy himoyachi. Rafayel Varan – 80 million yevro

U bugungi ro‘yxatimizdagi eng sovrindor futbolchi desak, adashmagan bo‘lamiz. JCH, YECHL va boshqa ko‘plab musobaqalarda g‘olib chiqqan Varan ramziy jamoamiz himoyasi uchun eng zo‘r tanlov sanaladi.

Markaziy himoyachi. Virjil Van Deyk – 100 million yevro

Yaqindagina “Liverpul” bilan chempionlikni nishonlagan himoyachi 2019-yilda “oltin to‘p” uchun so‘nggi soniyalarga qadar da’vogarlik qildi, biroq yakunda Messi undan o‘zib ketdi. Shunga qaramay, Virjil o‘sishdan to‘xtab qolgani yo‘q.

Markaziy yarim himoyachi. Frenki De Yong – 90 million yevro

Aslida, Frenki 2 mavsum ilgari u qadar baland transfer qiymatiga ega emas edi. Uning “Barselona” jamoasiga kelib qo‘shilishi sababli narx keskin ko‘tarilib ketdi. Gollandiyalik futbolchi hali yosh va uning faoliyati oldinda. Agar u Kataloniya klubida asosiy tarkibda ko‘rinish berib tursa, tez orada 100 millionlik davonni ham zabt etishi hech gap emas.

Yarim himoyachi – Kevin De Bryuyne – 150 million yevro

Belgiyalik futbolchi bugungi kundagi eng kuchli yarim himoyachilardan biri sanaladi. Universalliga va maydonni yaxshi ko‘ra olishi sababli Gvardiola uning aytrofida chinakam jangovar jamoani shakillantirishga muvaffaq bo‘ldi. Kevin “Siti” bilan birgalikda bir nechta chempionlikni qo‘lga kiritgach, transfermarket uning narxini 150 millionga ko‘tarib qo‘ydi.

Yarim himoyachi. Jeydon Sancho – 117 million yevro

Bugungi ro‘yxatimizdagi eng yoshi kichik futbolchi. Sancho Bundesligada o‘zini shu qadar yaxshi namoyish etdiki, endilikda uni barcha APL grandlari o‘z safida ko‘rish ishtiyoqida yonmoqda.

Hujumchi. Neymar – 160 million yevro

Braziliyalik futbolchi bir necha yil oldin 222 million yevro evaziga Parijga ko‘chib o‘tgan va butun sport olamini hayratda qoldirgan edi. Neymarning Parij klubi bilan o‘z rejalari mavjud edi, biroq barchasi barbod bo‘lib bormoqda. Messining soyasida qolishni istamgan futbolchi, bugungi kunda ham shu maummo bilan to‘qnash kelmoqda.

Hujumchi. Muhammad Salah – 150 million yevro

Bu nuqtada Leo Messi to‘p surishiga odatlanib qolganmiz, biroq endilikda argentinalik futbolchidan Salahning transfer narxi balandroq. Shu sababli, “Liverpul” futbolchisi hujumning o‘ng qanotidan joy oladi.

Hujumchi. Killian Mbappe – 200 million yevro

Ayni damdagi sayyoramizning eng qimmat futbolchisi hujum markazidan o‘rin olmoqda. Amaldagi JCH g‘olibi va tez orada “oltin to‘p” uchun asosiy da’vogar bo‘lishi taxmin qilanayotgan hujumchi hali juda yosh. U o‘sishdan to‘xtab qolmasa, kelajakda kutilgan marralarning barchasini zabt etishga qodir.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 15:08, 29.06.2020.
O'qildi: 17545 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.