Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/02 21:00 Traktor 0-2 As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod 7-0 Al-G‘arafa

Kike Setyen: «Jamoamning «Atletiko»ga qarshi ko‘rsatgan o‘yinidan mamnunman»

Kike Setyen: «Jamoamning «Atletiko»ga qarshi ko‘rsatgan o‘yinidan mamnunman»

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Kike Setyen Ispaniya La Ligasidan o‘rin olgan «Atletiko»ga qarshi o‘yindan (2:2) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Qayg‘uli. Biz uchun hamma narsa tobora qiyinlashib bormoqda. Ochko yo‘qotish chempionlikni qo‘lga kiritish imkoniyatimizning pasayishini anglatadi. Biz ishlashda davom etishimiz kerak.

«Atletiko» — yaxshi jamoa. Ular juda yaxshi himoyalanadi va barcha bo‘sh hududlarni yopa oladi. Ularda ajoyib o‘yinchilar bor.

Jamoa o‘yinidan mamnunman. Vaqti bilan biz to‘pga egalik qildik. Bunday intizomli jamoaga qarshi o‘ynash oson emas. Futbolchilarning harakatlari va o‘yin rejasi menga ma’qul bo‘ldi.

Klubda meni kimdir muhokama qilyapti deb o‘ylamayman», — deydi Setyen.

33-turdan keyin «Barselona» 70 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda va ushbu turda hali o‘z o‘yinini o‘tkazmagan «Real»dan bir ochko ortda. Madrid klubi 33-tur doirasida 2 iyul, payshanba kuni o‘z maydonida «Xetafe»ni qabul qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:22, 01.07.2020.
O'qildi: 3402 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.