Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Prevyu. «Lokomotiv» - «Qizilqum»

Prevyu. «Lokomotiv» - «Qizilqum»

Baho:
+ | -

1-2 iyul kunlari Coca Cola Superligasida 7-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Bugun «Lokomotiv» o‘z maydonida «Qizilqum»ga qarshi bahs olib boradi. Turnir jadvalida «Lokomotiv» 6ta o‘yindan so‘ng 6 ochko bilan 10-o‘rinda boryapti. Jamoa ikki bor g‘alaba qozonib, 4 marta mag‘lub bo‘lgan. To‘plar nisbati 6-10.

«Qizilqum» esa atigi 1 ochko to‘plagan holda oxirgi o‘rinni egallab turibdi. Navoiyliklar hisobida 1 durang, 5 mag‘lubiyat bo‘lib, to‘plar nisbati 3-13. «Qizilqum» bu yil Superligada hali g‘alaba qozonmagan uchta jamoadan biri bo‘lib turibdi.

Qizig‘i shundaki, har ikki jamoa o‘z ochkolarini karantingacha o‘tgan dastlabki uchta turda yiqqan. «Lokomotiv»ning ikkita g‘alabasi uyda «Andijon» va «Buxoro» bilan kechgan bahslarda qo‘lga kiritilgandi, «Qizilqum» esa safarda «Mash’al» bilan durang o‘ynagan.

Lekin karantindan so‘ng negadir ikkala jamoaning ham omadi kelmayapti. «Lokomotiv»ning ketma-ket uch mag‘lubiyati «Metallurg» (0:3), «So‘g‘diyona» (1:2), «Bunyodkor» (0:2) bilan o‘yinlarda qayd etilgan bo‘lsa, «Qizilqum» AGMK (0:1), «Qo‘qon-1912» (0:4) va «Paxtakor» (0:2) bilan kechgan o‘yinlarda imkoniyatni boy berdi.

Navbatdagi to‘qnashuv oldidan mezbon «Lokomotiv»ning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. Jamoa birinchidan o‘z maydonida o‘ynaydi. Ikkinchidan jamoa tarkibida mahoratli futbolchilar ko‘proq. Lekin «Qizilqum» ham yuqoriga intilish uchun astoydil kurash olib bormoqda. Bu esa uchrashuv qiziqarli kechishidan darak beradi.

P.S. «Lokomotiv» - «Qizilqum» bahsini bugun soat 19:00dan boshlab «Oilaviy» telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qiling.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 13:09, 01.07.2020.
O'qildi: 2401 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик