"Chelsi" yarim himoyachisi Villian Angliya chempionatining 32-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Vest Xem"ga qarshi o‘yinda 2ta gol muallifiga aylandi.
"Squawka" tarqatgan xabarga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi barcha oylarda (yanvardan — dekabrgacha) gol urgan APL tarixidagi ilk o‘yinchiga aylangan.
Ma’lumot o‘rnida. Angliya chempionati koronavirus pandemiyasi tufayli 3 oylik tanaffusga chiqib, iyun-iyul oylarida so‘nggi tur o‘yinlari o‘tkazilmoqda. Avval bu oylarda APL uchrashuvlari o‘tkazilmagan. Villian iyun oyida "Manchester Siti", iyulda esa "Vest Xem" darvozasiga gol urdi.