Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Ular bir-birdan nafratlanashadi, biroq...

Ular bir-birdan nafratlanashadi, biroq...

Baho:
+ | -

Futbol aslida jamoaviy o‘yin. G‘alaba uchun birga harakat qilish lozim. Shu sababli jamoadagi futbolchilarning o‘zaro munosabatlari juda muhim. Shunday bo‘lsa-da, ayrim jamoalarda bir-biridan nafratlansada birga to‘p surgan futbolchilar ham uchrab turadi. Bugun ana shunday charm to‘p ustalari haqida so‘z boradi.

5-o‘rin. Maksi Lopes — Mauro Ikardi

Bugungi ro‘yxatimizni ikki argentinalik futbolchilar ochib beradi. O‘z vaqtida (2012/13) ular “Sampdoriya” sharafini himoya qilishgan. Maksi kattaroq bo‘lgani bois, Mauroni tez-tez o‘z uyiga taklif qilar edi. Afsuski, bu mehmondorchiliklar unga juda qimmatga tushdi. Ko‘p o‘tmay, Ikardi unga o‘z eshiklarini ochgan futbolchining turmush o‘rtog‘ini o‘z tomoniga og‘dirib oldi. Maksi Lopes turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgach, tez orada bolalari ham jamoadoshining qo‘liga o‘tib ketdi. O‘rtadagi nafrat katta janjalga aylanishi mumkin edi, biroq mavsum so‘ngida Ikardi “Inter” bilan shartnoma imzolab Milanga ko‘chib ketadi. Vaziyatni chetdan kuzatib turgan Messi do‘sti Maksi Lopesni yoqlab chiqishga qaror qiladi. U ayrim nashrlarining ma’lum qilishicha, Ikardi uchun Maksi Lopesning qasdini oladi va hujumchi uchun terma jamoa eshiklarini abadiy yopib qo‘yadi. O‘sha janjaldan so‘ng, Ikardi bir nechta fantastik mavsum o‘tkazganiga qaramay terma jamoadan boshqa chaqiruv olgani yo‘q.

4-o‘rin. Shtefen Effenberg — Lotar Matteus

Nemis mashinasinig ikki afsonasi 9 yil davomida terma jamoada to‘p surgan bo‘lsada, o‘rtadagi nafrat bir soniyaga ham so‘ngani yo‘q. Vaholanki, ular “Bavariya”da ham maydon markazida birga to‘p surishgan va qiyin pallalarda yelkama-elka kurash olib borishgan.

OAV orqali “urush”ni birinchi bo‘lib Shtefen Effenberg ochib bergan. U Lotarni “soxta odam”, “bir tiyinga qimmat futbolchi” deb atashdan o‘zini tiyib tura olmagan. Hatto 1999-yildagi YECHL finalidagi alamli mag‘lubiyatga ham Matteus sababchi deb ommaga bong uradi. Bunday “hujum”dan so‘ng, “oltin to‘p” egasi ham darrov javob qaytarishga tushib ketdi. Ayniqsa, “Bavariya”dan ketgach, Matteus ham Effenbergni “nishonga” olishni boshlab yubordi. Avvaliga Effenbergni “Bavariya”ning eng omadsiz futbolchisi deb atagan bo‘lsa, keyinroq hatto “axlat qutisi”ga tenglashtiradi. Bu qarama-qarshilik bugungi kunlarimizga qadar yetib kelgani juda g‘alati. Bir necha yil ilgari Shtefen o‘z avtobiografiyasi aks etgan kitob chop ettiradi va unda “Lotar Matteus futbol haqida nimalarni biladi?” nomli bob hosil qiladi. Kulguli tomoni shundaki, u o‘z kitobida shu sarlavha ostida bo‘m-bo‘sh varoqni namoyish etish orqali sobiq jamoadoshini “ahmoq”qa chiqaradi. Hozircha, Matteus bu “zarba”ga javob qaytarganicha yo‘q. Demak,tez orada Effenbergning shudgoriga “tosh otiladi”. Sababi, bu nafrat katta ehtimol bilan hech qachon yakun topmaydi.

3-o‘rin. Oliver Kan — Yens Lemann

“Men ikkita narsani juda yomon ko‘raman. Birinchisi mag‘lubiyat bo‘lsa, ikkinchisi — Oliver Kan!”

Yens Lemanntomonidan “Bild” nashri uchun berilgan intervyudagi so‘zlar hech qanday hazil emas. Bu darvozabonlar o‘rtasidagi adovat 1998-yilda paydo bo‘ladi. Lemanno‘sha davrdagi eng iqtidorli kiperlardan biri bo‘lishiga qaramay, Oliver Kan “bundestim”ning asosiy darvozaboni sifatida JCHga yo‘l oladi. Oradan 4 yil o‘tib, yana Lemann ikkinchi posbon sifatida mundialga tashrif buyuradi. Kan o‘sha musobaqaning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘lgani Lemanning Kanga bo‘lgan nafratini yana oshirib yuborgan bo‘lsa, ajab emas. Yens “Arsenal” bilan shartoma imzolagach, aynan u Germaniyada bo‘lib o‘tgan JCHda asosiy darvozabon sifatida ishtirok etadi va o‘z orzusiga erishadi. Yens doimo Kanning ikkinchi kiper bo‘lishini ko‘rishni istaganini bir necha bor takidlagan edi. E’tiborlisi shundaki, o‘rtadagi adovatga qaramay Kan JCHning pley-off uchrashuvida (Argentinaga qarshi uchrashuvdagi penaltilar seriyasida) Lemanni qo‘llab-quvvatlaydi va o‘zining afsonaviy darvozabon ekanligni yana bir bor namoyish etib qo‘yadi.

2-o‘rin. Zlatan Ibrahimovich — Rafael Van Der Vart

Bu futbolchilar o‘rtasidagi qarama-qarshilik 21 asr boshlarida avj oladi. Aslida Van Der Vart va Ibrahimovich sira chiqisha olmas, ikkisi ham jamoaning yetakchisi “unvoni” uchun asosiy da’vogarlardan edi. O‘rtaga adovat Shvesiya va Gollandiya o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida tushadi. O‘sha o‘yinda Ibra gollandiyalik jamoadoshiga og‘ir jarohat yetkazadi va Rafael maydonni erta tark etadi. O‘yindan so‘ng, Van Der Vart Ibrahimovichni atayin jarohat yetkazishda ayblaydi. Hujumchi esa, barchasi tasodif ekanligini ta’kidlagan bo‘lsada, bu janjal yakun topmaydi. Oradan ikki hafta o‘tgach, Zlatan bunday “yig‘loqi” yigit sardorlik qiladigan jamoada to‘p surmasligini rasman e’lon qiladi. Ko‘p o‘tmay u “Yuventus”ga sotib yuboriladi. Zlatan o‘zining “Men Zlatan” nomli kitobida o‘sha vaziyatga quyidagicha izoh qoldirgan: “Men unga atayin jarohat yetkazmadim. Agar meni noo‘rin ayblashda davom etsa, ikkinchi oyog‘ini ham sindiraman!”

1-o‘rin. Jon Terri — Rio Ferdinand

Bu yigitlar klub miqiyosida hech qachon birga to‘p surmagan bo‘lsada, Angliya terma jamoasi mudofaasida birga harakat qilishgan. Ko‘plab ekspertlar aynan shu juftlikni “uch sherlar” tarixidagi eng kuchlisi deb xotirlaydi. O‘rtaga tushgan dushmanlik hissi bu tandemni yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘lgani achinarli holat. Barchasiga Jon Terrining Anton Ferdinandga (Rio Ferdinandning ukasi) nisbatan irqchilik ruhidagi so‘zlarni aytganidan boshlanadi. Terri barchasini rad etgan bo‘lsada, uning qilmishi bir nechta kameralarga tushib qoladi. Oqibatda, Terri 4 o‘yinga chetlatiladi va 220 ming yevro jarimaga tortiladi. Yuzaga kelgan vaziyatga Rio Ferdinand ham aralashishga qaror qiladi va Terri bilan birgalikda terma jamoada to‘p tepishdan bosh tortadi. Oqibatda, Yevro-2016 musobaqasi arafasida Roy Xojson Rioni Angliyada qoldirishga qaror qiladi. Murabbiy shu yo‘sinda jamoaning ichki muhitini o‘nglashga uringanini keyinroq o‘z intervyularidan tan olgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 02:50, 03.07.2020.
O'qildi: 9446 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.