Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

«Chelsi» Abraxam bilan shartnomani uzaytirdi

«Chelsi» Abraxam bilan shartnomani uzaytirdi

Baho:
+ | -

"Chelsi" klubi bir tomonlama harakat qilib Temmi Abraxam bilan shartnomani bir yilga uzaytirib qo‘ydi. Klub o‘yinchi bilan avval tuzilgan shartnomaning tegishli bandini faollashtirdi. "The Guardian" tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchi endi 2023 yilgacha "ko‘klar" a’zosi hisoblanadi.

Avvalroq tomonlar yangi shartnoma borasida muzokara olib borib, bir to‘xtamga kela olishmagandi. Shundan so‘ng koronavirus pandemiyasi tufayli muzokaralar to‘xtab qolgan edi. Temmi haftalik maoshining yana 50 ming funtga oshirilishini istagan edi.

Jamoa rahbariyati esa futbolchi bilan yangi shartnoma borasidagi munozara qiyin kechishini his qilgani uchun amaldagi kelishuvning tegishli bandini faollashtirishga va Abraxam bilan tuzilgan shartnomani yana bir uzaytirib qo‘yishga qaror qildi.

Abraxam joriy mavsumda "Chelsi" safida barcha musobaqalar doirasida 40ta o‘yinda maydonga tushib, 16ta gol urdi.

Manba: ua-football.com
Kiritildi: 20:06, 11.07.2020.
O'qildi: 2513 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик