Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
23/01 20:00 Vyetnam - Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

A seriya. Ronaldu penaltidan urgan gollari «Yuventus»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi (videosharh)

A seriya. Ronaldu penaltidan urgan gollari «Yuventus»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi (videosharh)

Baho:
+1 | -

Italiya chempionatining 32-turi doirasida «Yuventus» o‘z maydonida «Atalanta»ni qabul qilib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Bergamoliklar birinchi bo‘limda har tomonlama ustunlik qilishdi va haqli ravishda hisobda oldinga o‘tib olishdi. Bahsning 16-daqiqasida Sapata-Gomes bir-birlarini yaxshi tushunib harakat qilishi natijasida Duvan jarima maydoniga kirdi va aniq zarba bilan hisobni ochdi.

"Yuventus" esa ikkinchi bo‘limni faol boshladi va penalti ishladi. Dibala uzatma berganidan so‘ng to‘p yaqin masofada turgan De Roonning qo‘liga tegdi. Krishtianu 11 metrli jarima zarbasidan samarali foydalandi — 1:1.

Goldan keyin ustunlik turinliklar tomoniga o‘tdi, ammo mehmonlar bosh murabbiy o‘yin so‘ngida o‘yinchi almashtirish orqali tashabbusni yana o‘z tomoniga og‘dirdi. Natijada bahsning 80-daqiqasida Malinovskiy 15 metrlardan kuchli zarba berib, yana "Atalanta"ni oldinga olib chiqdi.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqasida esa to‘p yana bergamoliklar jarima maydoni ichida himoyachining qo‘liga tegdi. Yana penalti, yana Ronaldu va yana gol.

Shu tariqa, "Yuventus" mag‘lubiyatdan qutulib qoldi va o‘z uchun muhim bo‘lgan 1 ochkoni qo‘lga kiritdi. Sarri jamoasi 2-o‘rindagi "Lasio" bilan farqni 8 ochkoga yetkazdi. "Atalanta" esa 2-o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi.

Italiya A seriyasi, 32-tur
Yuventus – Atalanta 2:2 (0:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 16 Sapata, 1:1 – 55, penalti Ronaldu, 1:2 – 80 Malinovskiy, 2:2 – 90, penalti Ronaldu.
Yuventus – Shchensni, Bonuchchi, de Ligt, Danilo (Aleks Sandro, 57), Bentankur, Kuadrado, Rabyo, Matyuidi (Remzi, 82), Bernardeski (Duglas Kosta, 57), Dibala (Iguain, 69), Ronaldu.
Atalanta – Gollini, Xatebur, Palomino (Kaldara, 75), Gimshiti, Kastan, Gomes (Malinovskiy, 68), de Ron, Ilichich (Pashalich, 58), Froyler (Tamez, 75), Toloi, Sapata (Muriel, 68).
Ogohlantirishlar: Bernardeski (10), Kuadrado (29), Pashalich (61), Rabyo (73), Xatebur (88).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:49, 12.07.2020.
O'qildi: 8510 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.