Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Orif Tolipov: Setyenga men qo‘ng‘iroq qilmadim...

Orif Tolipov: Setyenga men qo‘ng‘iroq qilmadim...

Baho:
+ | -1

“Valyadolid” - “Barselona” o‘yin yakunlandi (0:1). Birinchi taymni ko‘rgan adekvat futbol muxlislari Antuan Grizmanning harakatlariga baho berishgan bo‘lsa kerak. Fransiyalik futbolchi juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydi. U tomonidan qayd etilgan oddiy vaziyatlarda to‘pni to‘xtata olmaslik, noaniqliklar, sust harakat va boshqa holatlar sharh mobaynida meni shu yerda bo‘lgani kabi ba’zi savollar va tanqidlarga undadi. Menimcha, bu – tabiiy.  

Tanaffusga chiqqach ijtimoiy tarmoqlarga ko‘z yugurtirdim. Doimgidek, instgramdan eng mantiqsiz, tutriqsiz gaplar kelgan ekan. Meni yaxshi taniydiganlar tanqidlarga ochiq ekanimni yaxshi biladi. To‘g‘ri, konstruktiv, asosga ega fikrlarni doim qadrlaganman. Ayniqsa tvitterdagi munosabatlar meni aksar holda xatolarimni to‘g‘rilashga undaydi. Biroq, kam bo‘lsada, o‘zi nima deyotganini bilmaydigan, bir jamoaga bo‘lgan “sevgisi” radikal darajaga chiqib ulgurgan “muxlislar” ham yo‘q emas.

“Barselona” – eng yaqin insonlarimdan biri muxlislik qiladigan jamoa. Uning o‘yinlari menga doim yoqqan. Sharhni endi boshlagan chog‘larim har hafta “Atletiko Madrid” o‘yinlari tushardi. O‘sha paytlar Grizmanni menchalik maqtagan boshqa sharhlovchi bo‘lganmi, yo‘qmi, bilmam. Chunki, u o‘shanda maqtovga loyiq o‘yin ko‘rsatgan. Biroq, netongki, Kataloniyada uning ishlari Madridda bo‘lgani kabi emas hozircha. Xossatan mana bu o‘yin eng yomonlaridan biri bo‘ldi. Shunday bo‘ldiki, murabbiy Kike Setyen ham uni ikkinchi taym avvalidayoq (!) Suaresga o‘zgartirdi. Men “shunday qil”, deb Setyen qo‘ng‘iroq qilmagandim...

Aytmoqchi bo‘lganim, biz sharhlovchilar ko‘rganimizni tushuntiramiz, izohlaymiz va sharhlaymiz. Ba’zilar o‘ylagani kabi, aynan bir futbolchi yoki klubning o‘ta ketgan fanati bo‘lsak mikrafonga yaqinlashtirishmasdi ham, yaqinlasha olmasdik ham. Men shunday o‘ylayman.

Nima ham derdim? Sal “muxlislik”ni qo‘yib, muxlislik qiling. Futbolni seving.

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 06:30, 12.07.2020.
O'qildi: 8562 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.