Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Andrey Shipilov: "Raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadik"

Andrey Shipilov: "Raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadik"

Baho:
+ | -

Superliganing 9-tur doirasida bo‘lib o‘tgan “Metallurg” hamda “So‘g‘diyona” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev ishtirok etdi.

"So‘g‘diyona" bilan o‘yinga jiddiy tayyorlangandik. Ikkita ajoyib gol urdik va darvozamiz dahlsizligini saqlab qola oldik. O‘ziga hos turning markaziy o‘yini bo‘ldi deyish mumkin. Jizzaxda yaxshi jamoa shakllangan, agressiv futbol ko‘rsatadi. Tarkibida mahoratli futbolchilar yetarli. "Nasaf" bilan o‘yinda so‘nggi soniyalarda gol o‘tkazib yuborib, kayfiyatimiz tushgandi. Bugungi o‘yinga birinchi navbatda ruhan yaxshi tiklana oldik. Ha, bugun biroz xotirjam to‘p tepdik. Maydon holati ajoyib edi. Faqat maydonga chiqib yutishimiz kerak edi. Raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadik. Muhim va zarur bo‘lgan uch ochkoni qo‘lga kiritganimiz bilan futbolchilarimni tabriklayman.

Ikkita hujumchi bilan o‘ynaganimiz nima bilan bog‘liq? Bugungi o‘yin oldidan shunaqa fors-major holatiga tushib qoldik. Salamat Quttiboyev ertalab o‘zini biroz yomon his qildi. Shu sabab boshlang‘ich tarkibda kutilmagan o‘zgarishlar bo‘lib ketdi. Menimcha buni raqibimiz ham kutmagan shekilli. O‘z navbatida “So‘g‘diyona”da ham avvalgi uchrashuvdagi tarkib bilan bugungisida besh olti nafar o‘zgarishni ko‘rib, to‘g‘risi men hayron bo‘ldim.

O‘rinbosarlar jamoasi? Men bu yerda uchinchi yil ishlashim. O‘rinbosarlar jamoasidagi aksariyat futbolchilar asosiy jamoa bilan birga shug‘ullanadi. Yig‘inlarda, safarlarda biz bilan birga bo‘lishadi. Ularni orasida 2000, 2001 yilda tug‘ilgan futbolchilar ham bor. Hali mavsum uzoq. Orada yuzaga kelga tanaffusda seleksiya ishlarini olib boramiz. 2003 va 2004 yilda tug‘ilgan o‘yinchilarni ham jalb qilamiz.

Davron Anvarovni “Lokomotiv” bilan o‘yindayoq maydonga tushirmoqchi edim. Mavridi bo‘lmadi. Uni debyuti muvaffaqiyatli chiqqani bilan tabriklayman",- deydi Andrey Shipilov.

Kiritildi: 23:34, 12.07.2020.
O'qildi: 3244 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.