Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Roppa-rosa 16 yil muqaddam o‘zbek o‘g‘loni dunyo shaxmat tojini qo‘lga kiritgan edi

Roppa-rosa 16 yil muqaddam o‘zbek o‘g‘loni dunyo shaxmat tojini qo‘lga kiritgan edi

Baho:
+ | -

2004 yil 13 iyul. Bu sana o‘zbek sporti tarixiga zarhal harflar bilan bitildi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Sababi, ushbu sanada o‘zbek o‘g‘loni, shaxmat bo‘yicha xalqaro grossmeyster Rustam Qosimjonov Liviyaning Tripoli shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida g‘alaba qozonib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.

Rustam Qosimjonov 1979 yil 5 dekabrda Toshkent shahrida dunyoga keldi. Yoshligidan shaxmatga mehr qo‘ydi va 5 yoshidan shaxmat bilan jiddiy shug‘ullana boshladi. 15 yoshida esa o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. 1997 yilga kelib, ya’ni 18 yoshida xalqaro grossmeysterlik talabini bajaradi. Oradan bir yil o‘tib kattalar o‘rtasida ham qit’ada tengsiz ekanligini isbotlaydi. Shu tariqa u dunyo shaxmat olamida o‘z o‘rnini topib boradi.

2004 yilgi shaxmat bo‘yicha jahon chempionatiga Liviya davlati mezbonlik qiladi. Bu paytda Rustam FIDE reytingida 54-o‘rinni egallab turgandi. Siyosiy sabablarga ko‘ra mazkur chempionatda bir qator yetakchi shaxmatchilar ishtirok etishdan bosh tortadi. Bu esa o‘sha vaqtda rosa kuchga to‘lgan Qosimjonov uchun ayni muddao edi. Qolaversa, ba’zi grossmeysterlarni inobatga olmaganda Liviyaga ham dunyo shaxmatining aksariyat peshqadamlari jam bo‘lishgan edi.

Jahon chempionatida Rustam avvaliga ukrainalik Vasiliy Ivanchuk, so‘ngra Vengriya vakili Zoltan Almashi, rossiyalik nomdor shaxmatchi Aleksandr Grishuk, o‘sha paytda jahon reytingida TOR-10dan joy olgan bolgariyalik Veselin Topalovlarni mag‘lub etadi. Final bahsida unga angliyalik Maykl Adams ro‘baro‘ keladi. Unda avvaliga tomonlar 3-3 hisobida murosaga kelishadi, qo‘shimcha vaqtda esa omad hamyurtimizga kulib boqadi – 1,5:0,5. Shunday qilib u shaxmat tarixida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan dunyodagi 17-shaxmatchiga aylandi.

Rustam Qosimjonovning o‘sha vaqtdagi g‘alabasi mamlakatimizda o‘ziga xos shodiyonaga aylanib ketdi. Eng muhimi, bu olamshumul muvaffaqiyat yurtimizda shaxmat sportiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib yubordi. Buning samarasi o‘laroq yurtimizdan yangidan-yangi shaxmat iste’dodlari yetishib chiqdi. O‘zbekistonlik birinchi ayol grossmeyster Nafisa Mo‘minova, o‘smirlar o‘rtasida jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov, eng yosh grossmeysterlardan biri Javohir Sindorov, uning ukasi Islombek Sindorov, ko‘plab xalqaro turnirlar g‘olibi Nodirbek Yoqubboyev, ... Bu ro‘yxatni yana uzoq davom ettirish mumkin. Asosiysi, Rustamning o‘sha 16 yil muqaddam qo‘lga kiritgan tarixiy g‘alabasidan ilhomlangan o‘zbek shaxmat maktabi bugun dunyoda o‘z o‘rnini topib ulgurdi.

Rustam Qosimjonov esa jahon chempionatidagi g‘alabasidan keyin hukumatimizning yuksak mukofoti – Amir Temur ordeni bilan taqdirlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 16:39, 13.07.2020.
O'qildi: 3633 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик