Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

Superliga. Qo‘qondagi o‘yinda jangovar durang qayd etildi

Superliga. Qo‘qondagi o‘yinda jangovar durang qayd etildi

Baho:
+ | -

Bir necha daqiqa oldin Qo‘qondagi "Markaziy" stadionda Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Nasaf" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvning 54-daqiqamida "Nasaf" futbolchisi Sharof Muhiddinov olis masofadan kuchli va aniq zarba yo‘llab hisobni ochdi.

O‘yinning 62-daqiqasida hisob tenglashdi. Avvaliga Berdiyevning zarbasini darvozabon qaytardi, qaytgan to‘pni Bobur Akbarov darvozaga "mixlab" qo‘ydi.

70-daqiqada mezbonlar raqib darvozasini ishg‘ol etishgan edi. Qanot xakamining bayroqchasi ko‘tarildi. O‘yindan tashqari holat qayd etildi. Rayevasning goli inobatga olinmadi.

Uchrashuvning 84-daqiqasida Oybek Bozorov himoyachilarning xatosidan unumli foydalandi. 86-daqiqada Bobur Akbarov boshi bilan raqib darvozasini ishg‘ol etdi. 

Shu tariqa, shiddatli va gollarga boy bo‘lgan bahsda durang natija qayd etildi.

Superliga, 9-tur

"Qo‘qon-1912" - "Nasaf" – 2:2 (0:0)

Hakamlar: Vadim Agishev, Rasul Fozilov, Maksim Nexochin, Husan Muzaffarov.

Nazoratchi: Marat Ismoilov.

Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov.

Gollar: Bobur Akbarov(62, 85). - Sharof Muhiddinov (54), Oybek Bozorov (84).

“Qo‘qon-1912”: 21. Muzaffar Abdullayev, 3. Bobur Akbarov, 7. Shohnazar Norbekov (17. Muzaffar Muzaffarov - 68), 9. Suhrob Berdiyev (22. Muhammadanas Hasanov -88), 10. Quvondiq Ro‘ziyev (19. Hamidullo Abduhamidov – 87), 13. Sardorbek Azimov, 15. Oybek Rustamov, 20. Iqbol Malikjonov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 70. Murod Xolmuhammedov, 91. Yakuba Bamba (69. Filip Rayevas-58).

Zaxira: 1. Botirali Ergashev, 4. Sobit Sindarov, 5. Jasur Yoqubov, 14. Avazxon Mamatxo‘jayev, 99. Bek Abdullayev. 

“Nasaf”: 21. Mashhurbek Muhammadjonov (35. Abduvohid Ne’matov-66), 5. G‘olib G‘aybullayev, 14. Sharof Muhiddinov, 15. Jo‘rabek Mannonov (9. Xaris Dilaver -81), 19. Husayn Norchayev, 20. Islom Kenjaboyev (10. Bobur Abduxoliqov-65), 22. Akmal Mozgovoy, 34. Sherzod Nasrullayev, 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoyevich (8. Dilshod Saitov – 81), 92. Umar Eshmurodov.

Zaxira: 4. Husniddin Aliqulov, 7. Dilshod Rahmatullayev, 18. Javohir Esonqulov, 30. Shoxmalik Komilov, 70. Abubakrizo Turdaliyev.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:05, 14.07.2020.
O'qildi: 3184 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик