Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Baxtiyor Ashurmatov: «Bugun taktik jihatdan kuchli o‘yin bo‘ldi»

Baxtiyor Ashurmatov: «Bugun taktik jihatdan kuchli o‘yin bo‘ldi»

Baho:
+ | -

"Qo‘qon-1912" - "Nasaf" uchrashuvidan  keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Qo‘qon-1912" jamoasi  bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

"Bugun judayam qiyin, murakkab, his-hayajonlarga boy o‘yin bo‘ldi. Ro‘ziqul aka Berdiyev judayam tezkor jamoa tuzgan. Biz "Nasaf"ni o‘rganib, ularning qarshi hujumlarda tezkorligini hisobga olib, bir nafar hujumchi bilan o‘yinni boshlagan edik. O‘ylaymanki, bu qarorimiz qaysidir jihatdan o‘zini oqladi. Futbolchilarimga bugungi o‘yin uchun rahmat aytaman, ular ikki marta hisobda ortda qolishlariga qaramay hisobni tenglashtirishga erishishdi. Afsuski, o‘yin so‘nggida ikkita juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadik. O‘sha vaziyatlarda yosh hujumchimiz vaziyatlarni golga aylantira olmadi. Biz o‘yin so‘nggida g‘alabani ilib ketishimiz ham mumkin edi.

Durang manimcha adolatli bo‘ldi. Bugun taktik jihatdan juda kuchli o‘yin bo‘ldi. Uchrashuv golli vaziyatlarga ham boy bo‘lgani uchun teleekran  qarshisida o‘tirgan muxlislarimizga yoqdi deb o‘ylayman.

Bamba o‘tgan o‘yinlarda zaxiradan tushib o‘yinimizni kuchaytirayotgan edi. Shuning uchun uni boshlang‘ich tarkibga kiritgan edim. Yakuba bugun o‘z darajasidagi o‘yinni ko‘rsata olmadi. O‘yinda dastlabki golni mehmonlar kiritgani uchun rejalarimizga o‘zgartirishlar kiritdik.

Bizda ikki nafar teng kuchli darvozabonlar bor. Ularni sport formalarini birdek ushlab turish uchun ham har ikkalariga imkoniyat taqdim qilyapmiz.

Yosovich mashg‘ulotlarda jarohat olgani uchun Oybek Rustamovni markaziy himoyada o‘ynatdik. Oybek himoyada ham yaxshi o‘ynay oladi. Bizda himoyachilarimiz yetarli bu borada muammolarimiz yo‘q. O‘tkazgan gollarimiz esa "Nasaf" futbolchilarining tezkorligi sababli bo‘ldi deb o‘ylayman.

Keyingi turda o‘z maydonimizda "Paxtakor"ni qabul qilamiz. Bu o‘yin yanayam qiziqarli bo‘ladi deb o‘ylayman.  Biz bu uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz. Superligada hamma jamoalar bilan o‘ynasa bo‘ladi", — dedi Baxtiyor Ashurmatov.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 22:41, 14.07.2020.
O'qildi: 3789 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик