Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Dilyaver Vaniyev: «Yosh murabbiy sifatida bosimni yengish oson emas»

Dilyaver Vaniyev: «Yosh murabbiy sifatida bosimni yengish oson emas»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Mash’al" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar katta murabbiyi Dilyaver Vaniyev o‘z fikrlarini bildirdi.

"Barchaga xayrli kech. Hozirgi holatimni tushunmasligingiz tabiiy. Bugun bizga g‘alaba juda zarur edi. O‘yindan oldin biroz bosim bor edi. Ancha vaqtdan beri g‘alaba qozona olmayotgan edik. Yigitlardan o‘z o‘yinlarini ko‘rsatishlarini iltimos qilgandik. Rejadan tashqariga chiqmagan holda harakat qilishni buyurgandik. G‘alaba bilan shogirdlarimni va muxlislarni tabriklayman.

"Mash’al" "Lokomotiv"ni safarda oxirgi marotaba mag‘lub etganida men futbolchi sifatida Oliy ligada to‘p tepayotgan edim. O‘sha paytlar "Lokomotiv" hozirgidek emasdi. Keyin ular moliyaviy tomondan ancha barqaror klubga aylandi. Uch mavsum davomida chempionlikni hech kimga berishmadi. Ularni o‘yin falsafasini va uslubini oldindan bilardim. To‘pni olib qo‘yishadi va bo‘sh hududlar orqali hujumlarni rivojlantirishadi. Hozir futbolda kim ko‘proq to‘pni nazorat qilsa, vaziyatlardan foydalansa o‘sha jamoa g‘olib chiqmoqda.

Endi barchasini unutib Muborakka yo‘l olamiz va navbatdagi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz. Yozgi transferlar oynasi vaqtida yuqori saviyadagi futbolchini olib kelish qiyin masala. Lekin, bu borada ishlar davom etadi, to‘xtamaydi.

Legionerlar bilan muloqot qilishda muammoga uchramayapmiz. Ella Kenni turmush o‘rtog‘i Ukrainadan. Shu bois u bilan rus tilida muloqot qilamiz. Ushbu futbolchi orqali Ifeaniy bilan gaplashamiz.

To‘rtta o‘yinda gol ura olmayotganimiz jamoaga juda katta bosim qilayotgandi. Shaxsan o‘zimga yosh murabbiy sifatida bu jarayonni boshdan o‘tkazish oson bo‘lmadi. Yigitlarga ham aytdim. Futbolda gol urish kerak, gol urmasangiz g‘alaba qozona olmaysiz", —  deydi Dilyaver Vaniyev.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 23:43, 14.07.2020.
O'qildi: 2588 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик