Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Pro Liganing media va tijorat huquqlari bo‘yicha Uzreport tv bilan kelishuvga erishildi

Pro Liganing media va tijorat huquqlari bo‘yicha Uzreport tv bilan kelishuvga erishildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi hamda UZREPORT TV o‘rtasida Pro liga musobaqasining media va tijorat huquqlari bo‘yicha shartnoma imzolandi. Mazkur shartnoma 2024 yilning 31 dekabriga qadar amal qiladi.

UZREPORT TV futbol ishqibozlarining milliy futbolimizga bo‘lgan qiziqishlaridan kelib chiqib, shuningdek, mamlakat futboli rivojiga hissa qo‘shish maqsadida O‘zPFLga taklif bilan chiqdi. Bir oyga yaqin davom etgan muzokaralar yakunida ikki tomon o‘zaro manfaatli kelishuvga erisha oldi.

Endilikda, joriy yilning 1 avgustidan boshlab UZREPORT TV Pro liganing har bir turidan eng qiziqarli va markaziy uchrashuvlarni UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallari orqali jonli efirda namoyish etadi. Kelishuvga ko‘ra, uchrashuvlarni jonli translyasiya qilish hajmi yildan-yilga ortib boradi.

Sizga sir emaski, pandemiya davrida jismoniy faollik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yuzasidan harakatlar davom etmoqda. Ammo futbol muxlislarining stadionlarga tashrifi masalasi hozircha kun tartibida emas. Mana shunday sharoitda Pro liga uchrashuvlarining namoyish etilishi liga manfaatlari uchun xizmat qiladi. Qolaversa, endilikda tomonlar Pro liga musobaqasi uchun titul va rasmiy homiylar masalasida ham o‘zaro hamkorlik qiladi. Bu esa tabiiyki, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga bosqichma-bosqich amal qilish, Superligada bo‘lgani kabi yirik kompaniyalar bilan shartnoma imzolash imkoniyatini yaratadi.

Hamkorlikdagi asosiy masalalardan biri Pro liga saviyasini ko‘tarish va uni maksimal darajada Superligaga yaqinlashtirishdan iboratdir. Har ikki liga o‘rtasidagi raqobatdan O‘zbekiston Professional futbol ligasi manfaatdordir. Qolaversa, endilikda Pro liga klublarida ham o‘zini namoyon etish, mazkur liga futbolchilarida esa terma jamoa murabbiylari nazariga tushish imkoniyati paydo bo‘ladi.

UZREPORT TV va O‘zPFL faqatgina bu bilan cheklanib qolmaydi. Pandemiya tartiblarining yumshashiga qarab, stadionlarga muxlislarni qaytarish, ularning uchrashuvlarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish yo‘nalishlarida ham ish olib boriladi.

Endilikda UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarida Pro liga bellashuvlarini jonli efirda — Siz sevgan sharhlovchilar bilan birgalikda kuzatib borish imkoni mavjud. Umid qilamizki, UZREPORT TV bilan hamkorlik mamlakat futboli rivoji yo‘lidagi dadil qadamlardan biri bo‘la oladi. UZREPORT TV bilan yangi davr, yangi imkoniyatlar sari birgalikda harakat qilamiz.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 12:27, 15.07.2020.
O'qildi: 3855 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.