Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

APLni sharmandalarcha tark etganlarni eslab…

APLni sharmandalarcha tark etganlarni eslab…

Baho:
+ | -

Stadion.uz elitadan “uchib ketgan” klublarni yodga oladi. Ular orasida achinarli xolatga tushib qolgan klublar ham mavjud.

“Derbi Kaunti” (2007/08, 11 ochko, -69 ta gol)

O‘ziga hos rekordi hech kimga bermay kelayotgan jamoadan boshlaymiz. Ularning natijasini takrorlashning deyarli iloji yo‘q. Afsuski, “Derbi” APLga yo‘l olgach, mavsum oldidan 9 ta futbolchini harid qildi va tarkibda muammolar paydo bo‘lishni boshladi. Birinchi turda “Portsmunt” bilan durang qayd etgan klub ketma-ket 4 ta mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. “Liverpul” va “Arsenal”dan umumiy hisobda 13 ta gol olib chiqqan klub mavsum davomida “Nyukasl”ni 1:0 hisobida yenga oldi xolos. Bu ular uchun mavsum davomidagi so‘nggi g‘alaba bolib qoldi.

“Sanderlend” (2005/06, 15 ochko, -43 ta gol)

2002/03-yilgi mavsumda “Sanderlend” fantastik natija namoyish etdi. Jamoa APL bahslarida ketma-ket 15 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lgancha chempionshipga ravona bo‘lishadi. 2 yildan so‘ng, ortga qaytgan bo‘lsada, yana ketma-ket 5 ta mag‘lubiyatni qabul qilib olindi. Afsuski, “Sanderlend” o‘sha mavsum davomida havfli zonada o‘rlashib yuradi va yakunda yana pastga “qulab ketadi”.

“Aston Villa” (2015/16, 16 ochko, -54 ta gol)

Birmingemliklar sharmandali mavsum oldidan Fabian Delf va Bentekelarni sotib yuborgani bois, katta muamollarga duchor bo‘lishdi. Yetakchilarsiz jamoani shakillantirishning iloji bo‘lmadi. Vaholanki, ular APLni g‘alaba bilan (“Bornmunt”ga qarshi o‘yinda) boshlagan edi. Keyin ketma-ket 6 ta mag‘lubiyat. Bunday seriyadan so‘ng, Tim Shervudga chiqish eshiklari ko‘rsatib yuborildi. Uning o‘rnini egallagan Remi Gard mavsum davomida atigi 2 ta g‘alaba qozondi xolos.

“Uotfurd” (1999/00, 24 ochko, -42 ta gol)

“Uotfurd” yangicha o‘yin uslubiga tayangan xolda APLga tashrif buyurgan edi, biroq kuchli shamol ularni kelgan joylariga “uchirib olib ketdi”. Vaholanki, mavsum boshida (avgustda) “Liverpul” va “Brenford” klublari mag‘lub etilgan edi. Sentyabrda hatto “Chelsi” ham dog‘da qoldirildi, biroq yakunda hujum chizig‘ining bo‘shligi pand berdi. “Aristokratrlar”dan olingan 3 ochko mavsum davomida “Uotfurd” uchun so‘nggisi bo‘lib qoldi. Murabbiylarning rokirovkasi ham hech qanday naf bergani yo‘q.

“Sanderlend” (2016/17, 24 ochko, -40 ta gol)

Achinarlisi shundaki, aynan 2016/17-yilgi mavsumdagi omadsizlik Devid Moyes bilan bog‘liq. Avvaliga “Manchester Yunayted”da qalqib ketgan murabbiy, “Sanderlend”ni o‘zi bilan pastga tortib ketdi. Shotlandiyalik murabbiy mavsum oldidan “Everton”dagi shogirdlarini jamoaga taklif qildi va ikkinchi “Everton”ni ishga tushirmoqchi bo‘ldi. Ishlar ko‘ngildagidek kechgani yo‘q. Ilk g‘alaba noyabr oyida qo‘lga kiritildi. Oqibatda, “qora mushuklar” aprel oyidayoq rasman chempioshipga ravona bo‘lishdi.

“Fulhem” (2018/19, 26 ochko, -47 ta gol)

“Fulhem” o‘tgan mavsumni oldiga katta maqsadlarni qo‘yib boshlagan edi. Shunga qaramay, noyabr oyidayoq murabbiyni almashtirishga majbur bo‘ldi. Jamoaga Ranyeri taklif etildi. Afsuski, “Lester” bilan ko‘rsatilgan mo‘jiza takrorlanmadi. Italiyalik murabbiy atigi 3 ta o‘yinda g‘alaba qozondi xolos. Oqibatda, uni fevralda Skott Parker almashtirdi, biroq, uning oldida bajarib bo‘lmas vazifa qo‘yilgan edi. Parker 5 ta o‘yinda 3 ta g‘alaba qozongan bo‘lsada, havfli zonadan uzoqroqdagi klubdan 10 ochko ortda qoldi.

“Ispich” (1994/95, 27 ochko, -57 ta gol)

“Ispich” kutilganidek omadsiz start oldi, biroq  kutilmaganda “Manchester Yunayted”ni 3:2 hisobida mag‘lub etishdi. Afsuski, bu qorong‘u xonada gugurt chaqqandek tez tugagan uchqun edi. “Ispich” tezda yana 20-o‘ringa tushib ketdi. “Qizil iblislar” esa, ikkinchi davrada ularni 9:0 natijasi bilan mag‘lub etgancha revansh olishga muvaffaq bo‘lishdi.

“Vulverhempton” (2011/12, 25 ochko, -42 ta gol)

Mikki Makkarti shogirdlari o‘tgan mavsumda havfli zonadan 1 ochko balandroqda finishga yetib kelgancha APLda jon saqlab qolgan edi. Shu sababli, yozda “bo‘rilar” transferlarga urg‘u berdi va bu mavsum startida foyda berdi. Ikkita g‘alaba va kutilmaganda ketma-ket 6 ta mag‘lubiyat. 1:5 natijasida “Vest Bromvich”ga boy berilgan o‘yindan so‘ng, murabbiyni Terri Konor almashtirdi. Afsuski, u hatto bir dona g‘alabani ham qo‘lga kirita olmadi.

P.S

Bu ro‘yxatdan “Norvich” eng baland o‘rindan joy olishga juda yaqin turibdi. “Kanareykalar” oktivida ayni damda 21 ochko mavjud. Oldinda “Manchester Siti” va “Bernli”ga qarshi o‘yinlar kutib turibdi. Agar bu matchlar ham boy berilsa, “Norvich” APLning eng omadasiz jamoasiga aylanadi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 13:26, 16.07.2020.
O'qildi: 9983 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик