Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kasilyas «Real»ga qaytmoqda!

Kasilyas «Real»ga qaytmoqda!

Baho:
+ | -

«Real» klubi sobiq darvozaboni Iker Kasilyas "Santyago Bernabeu"ga qaytmoqda. "Marca" tarqatgan xabarga ko‘ra, u «qaymoqranglilar» prezidenti Florentino Peresning maslahatchisi sifatida ish boshlaydi.

Kasilyas o‘tgan yilning may oyida yurak hurujini boshidan o‘tkazganidan keyin «Portu» safida boshqa o‘ynamadi. U 1 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan «Benfika»ga qarshi Portugaliya kubogi finalidan keyin o‘yinchilik faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qiladi.

Kasilyas — «Real» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Madridliklar safida u 725ta o‘yinda maydonga tushgan. Faqatgina Raul "Qirollik klubi" safida undan ko‘proq o‘yinda ishtirok etgan.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 22:42, 17.07.2020.
O'qildi: 11253 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.