Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

«Manchester Yunayted» so‘nggi 10 yillikdagi eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi

«Manchester Yunayted» so‘nggi 10 yillikdagi eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» klubi Angliya Premyer Ligasining 36-turida «Kristal Pelas»ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:0).

Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi jamoa barcha musobaqalarda ketma-ket 19 o‘yindan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmayapti (14 g‘alaba, 5 durang).

Bu esa «Manchester Yunayted» uchun 2010 yildan keyingi eng uzun mag‘lubiyatsiz seriya hisoblanadi. O‘shanda Aleks Fergyuson boshchiligidagi jamoa apreldan noyabr oyiga qadar ketma-ket 29 o‘yinda mag‘lub bo‘lmagandi.

«Manchester Yunayted» keyingi o‘yinni 19 iyul, yakshanba kuni o‘tkazadi. Jamoa Angliya Kubogi yarim finalida «Chelsi» bilan o‘ynaydi.

 

Kiritildi: 23:54, 17.07.2020.
O'qildi: 5336 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик