Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

FIFA: «Navbahor» sobiq murabbiy uchun 500 ming dollardan ortiq pul to‘lashi kerak

FIFA: «Navbahor» sobiq murabbiy uchun 500 ming dollardan ortiq pul to‘lashi kerak

Baho:
+ | -

Rossiyalik murabbiy Aleksandr Ilich Belenkov 2018 yilning 16 oktyabr kuni "Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskisga yordamchi sifatida ish boshlagan edi.

2019 yilning iyun oyida har ikki mutaxassis iste’foga chiqarilib, avgust oyida ular yana jamoaga qaytarilishdi. 2020 yilgi mavsum boshida esa "Navbahor" Belenkov bilan shartnomani bekor qilib, uning o‘rniga boshqa yordamchi murabbiyni ishga qabul qilgan edi.

Rossiyalik mutaxassis shartnoma qonunga xilof ravishda bekor qilingan deya hisoblab, FIFAga shikoyat kiritgan edi. Nizolarni hal qilish qo‘mitasi ishni o‘rganib chiqib, quyidagicha qaror qabul qildi:

1. Aleksandr Belenkovning shikoyati qisman qanoatlantirilsin.

2. "Navbahor" futbol klubi 30 kun ichida Belenkov quyidagi pullarni to‘lab bersin:

— 2019 yil 1 oktyabrigacha bo‘lgan maosh va 5% jarima — 5.300 AQSH dollari;
— 2019 yil 1 noyabrigacha bo‘lgan maosh va 5% jarima — 11.300 AQSH dollari;
— 2019 yil 1 dekabrigacha bo‘lgan maosh va 5% jarima — 10.300 AQSH dollari;
— 2020 yil 1 yanvarigacha bo‘lgan maosh va 5% jarima — 10.300 AQSH dollari;
— 2020 yil 23 yanvar kuni shartnoma bir tomonlama bekor qilingani uchun 484.100 AQSH dollari miqdorida kompensasiya mablag‘i
Jami: 521.300 AQSH dollari.

3. Bundan keyingi har qanday shikoyat rad qilinadi.

4. Ko‘rsatilgan summa berilgan muddatda to‘lab berilmasa, ish FIFA tartib-intizom qo‘mitasiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkaziladi.

5. Belenkov ko‘rsatilgan summani qabul qilish uchun "Navbahor" klubiga zudlik bilan hisob raqamini taqdim etishi kerak hamda pulni olgani haqida nizolarni hal qilish qo‘mitasini boxabar qilishi lozim.

6. Ishni ko‘rib chiqqani uchun FIFA hisob-raqamiga 5000 shveysariya franki miqdorida pul o‘tkazilishi kerak:
—  Belenkov — 1000 shveysariya franki;
— "Navbahor" — 4000 shveysariya franki;

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:14, 20.07.2020.
O'qildi: 5690 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.