Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Yuventus» bugun chempionlikni rasmiylashtirishi mumkin

«Yuventus» bugun chempionlikni rasmiylashtirishi mumkin

Baho:
+ | -

«Yuventus» klubi navbatdagi chempionlikka yaqin turibdi. Maurisio Sarri jamoasi bugun bo‘lib o‘tadigan "Udineze"ga qarshi uchrashuvda g‘alaba qozonsa, muddatidan oldin Skudettoni qo‘lga kiritadi.

Turinliklar ayni paytda 80 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘rindagi «Atalanta»dan 6 ochko oldinda borishmoqda. Bergamoliklar hisobida 3ta o‘yin qolgan bo‘lsa, "Yuve" yana 4ta uchrashuv o‘tkazishi kerak.

Shu bilan birgalikda, «Yuventus» o‘zaro o‘yinlarga ko‘ra «Atalanta»dan ustunlikka ega: birinchi davrada "keksa sinyora" g‘alaba qozongan bo‘lsa (3:1), ikkinchi davradagi bahsda durang qayd etilgan edi (2:2).

Shu tariqa, «Yuve» payshanba kuni «Udineze»ni safarda mag‘lub etsa, 2-o‘rindagi klub bilan farqni 9taga yetkazadi va ketma-ket to‘qqizinchi marotaba A seriya chempioniga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, «Udineze» - «Yuventus» bahsi 23 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 22:30da boshlanadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 05:42, 23.07.2020.
O'qildi: 6680 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.