"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli jamoa hujumchisi Zlatan Ibrahimovichni yana bir mavsum "rossonerilar" safida qolishga ko‘ndirmoqchi. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Zlatanning "Milan" bilan shartnomasi 2019/20 yilgi mavsum so‘nggida yakuniga yetadi. Futbolchining o‘zi esa "rossonerilar"ni tark etmoqchi.
Ma’lumot uchun, Ibrahimovich joriy mavsum "A" Seriyada o‘znomiga 7ta gol va 4ta assist yozdirib qo‘ygan.