Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/01 00:45 Roma 1-1 Milan
26/01 01:00 Alaves 2-1 Betis
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids

Isroil Madrimovning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Isroil Madrimovning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida harakat qilayotgan Isroil Madrimov (5-0, 5 KO) o‘zining navbatdagi jangini 15 avgust kuni o‘tkazadigan bo‘ldi.

Madrimov ushbu jangda amerikalik 37 yoshli Erik Uokerga (20-2, 9 KO) qarshi ringga ko‘tariladi. Jang 12 raundga mo‘ljallangan. Madrimov va Uoker ushbu to‘qnashuv orqali vaqtinchalik WBA kamari sohibini aniqlab beradi.

Ma’lumot uchun, Isroil Madrimov o‘zining so‘nggi jangini 2020 yil 1 mart kuni o‘tkazgan. Unda Isroil venesuelalik Charli Navarroga (29-10, 22 KO) qarshi ringga chiqib, raqibini 6-raunddayoq nokautga uchratgandi.

Erik Uoker esa 2019 yil 7 dekabr sanasida Damian Ezekel Bonelliga qarshi jang olib borib, raqibidan ochkolar evaziga ustun kelgan. U so‘nggi bori 2018 yil 22 mayida Brandon Adamsga mag‘lub bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 15 avgust kuni bo‘ladigan jang oqshomida o‘zbekistonlik boshqa bir bokschi Shahram G‘iyosov ham jang qiladi.

Kiritildi: 12:06, 23.07.2020.
O'qildi: 4604 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.