Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

A seriya. Chempionlikni nishonlamoqchi bo‘lgan «Yuventus», «Udineze»ga mag‘lub bo‘ldi

A seriya. Chempionlikni nishonlamoqchi bo‘lgan «Yuventus», «Udineze»ga mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+1 | -

«Yuventus» Italiya chempionati tugashiga 3 tur qolganida chempionlikni rasmiylashtirishi mumkin edi, agar turinliklar bugun «Udineze»ni mag‘lub eta olishganida.

Udeneliklar esa "3 daqiqasi kam" chempion bilan o‘yinda nafaqat mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi, balki so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ham ilib ketishdi.

Birinchi bo‘lim tugashiga 3 daqiqa qolganida Matteys de Ligt hujumga qo‘shildi va kutilmaganda 22 metrlardan zarba berdi. To‘p esa darvozaga burchagiga kirib ketdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida mezbonlar futbolchisi Nestorovski "Yuve" himoyachisi Ruganining xatosidan foydalanib, hisobni tenglashtirdi.

Sarri shogirdlari ikkinchi taym davomida "Udineze" mudofaasini yorib o‘tishga urindi, ammo jamoaga ijodkorlik va tezlik yetishmadi. Aksincha, bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda mezbonlar qarshi hujum tashkil etishdi. Fofana maydon markazida to‘pni egalladi, yo‘l-yo‘lakay Rugani va de Ligtni aldab o‘tib, darvozabonni ham dog‘da qoldirdi.

Shu tariqa, "Yuventus" chempionlikni tantana qilish kutilgan o‘yinda, aksincha, safardan mag‘lubiyat bilan qaytadigan bo‘ldi. Boz ustiga, "Oltin butsa" uchun kurashayotgan Ronaldu ham maydonni golsiz tark etdi.

Italiya A seriyasi, 35-tur
Udineze – Yuventus 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 42 de Ligt, 1:1 – 52 Nestorovski, 2:1 – 90 Fofana.
Udineze – Musso, Zegelar (Larsen, 69), Rodrigo Bekao (De Mayo, 90), Nyuytink, ter Avest (Samir, 78), Fofana, Sema, de Paul, Trost-Ekong, Nestorovski, Okaka Chuka.
Yuventus – Shchensni, de Ligt, Danilo (Kuadrado, 75), Rugani, Aleks Sandro, Bentankur, Rabyo, Remzi (Matyuidi, 60), Bernardeski (Duglas Kosta, 60), Dibala, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Remzi (1), Trost-Ekong (20), Zegelar (68), Kuadrado (83).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:29, 24.07.2020.
O'qildi: 5390 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик