«Atalanta» yarim himoyachisi Alexandro Gomes "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning tashqi ko‘rinishi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
"Men undan o‘g‘lim bilan birga suratni tushishni so‘radim. Qasam ichaman, u sun’iy odamga o‘xshaydi. Krishtianu chiroyli qo‘g‘irchoqqa o‘xshaydi. U xuddi Barbining boyfrendi Ken kabi. Shunchaki chiroyli", - dedi Gomes.