Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

A seriya. «Milan» «Atalanta» bilan durang o‘ynadi (videosharh)

A seriya. «Milan» «Atalanta» bilan durang o‘ynadi (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 36-turi doirasida «Milan» va «Atalanta» klublari "San-Siro"da to‘qnash kelishdi.

Uchrashuvning 14-daqiqasida Hoqon Cholhonoglu hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

24-daqiqada esa Lukas Bigliya o‘z jarima maydoni ichida butsasining tishlari bilan Malinovskiyning oyog‘ini bosib olgani uchun hakam VAR yordamida penalti belgiladi. Ruslanning o‘zi tomonidan yo‘llangan 11 metrli jarima zarbasini Donnarumma qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Shunga qaramay, 36-daqiqaga kelib hisob tenglashdi. Duvan Sapata muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo‘limda jamoalar xavfli vaziyat yaratganiga qaramay, uchrashuvda hisob boshqa o‘zgarmadi.

Ushbu natijadan keyin "Atalanta"ning ochkolari 75taga, "Milan"niki esa 60taga yetdi. Natijada "Yuventus" qolgan 3ta turda 1 ochkoni qo‘lga kiritsa ham chempionlikni qo‘lga kiritadi.

"Rossoneri" esa restartdan keyin hali mag‘lubiyatga uchramadi — 7ta g‘alaba, 3ta durang.

Italiya chempionati, 36-tur
Milan – Atalanta 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 14 Chalxanoglu, 1:1 – 34 Sapata.
Milan – Donnarumma, Gabbiya, Kalabriya, Kyer, Laksalt, Kessie, Salemakers (Kastilyexo, 69), Chalxanoglu (Bonaventura, 61), Bigliya (Krunich, 61), Ibragimovich, Rebich (Rafael Leau, 61).
Atalanta – Gollini, Xatebur, Toloi (Shutalo, 46), Kaldara, Gosens (Kastan, 69), Gomes (Kolli, 90), Froyler (Pashalich, 69), Malinovskiy (Muriel, 57), de Ron, Gimshiti, Sapata.
Ogohlantirishlar: Bigliya (25), Toloi (38).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:14, 25.07.2020.
O'qildi: 4625 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.